Islom Ashurmatov (1943.6.12 – Gʻallaorol tumani – 1997.4.4) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Samarqand Davlat Universitetining fizika fakultetini tugatgan (1968). 1968–73 yillarda Gʻallaorol tumanidagi 25-maktabda, 1990-yildan 44-maktabda fizika oʻqituvchisi, 1973–90 yillarda 26-, 44-maktabda direktor. Ashurmatov pedagogik faoliyati davomida texnika vositalari va koʻrgazmali qurollar yordamida daryo oʻtishga alohida e’tibor bergan. U oʻquvchilar bilan birgalikda 900 ga yaqin koʻrgazmali qurol tayyorlagan. Ashurmatov maktabdagi fizika xonasini talab darajasida jihozlab, tumandagi namunali fan xonasiga aylantirdi. Ashurmatov birinchilardan boʻlib test usulini qoʻllagan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil