Isro surasi (arabcha: سورة الإسراء, nomining maʼnosi — Tungi sayr[9][10]) — Qurʼonning 17-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 282–293[11]-sahifasida va 15-juzida joylashgan. 50-boʻlib nozil boʻlgan.

Kahf    17–sura   Nahl
Isro surasi — سورة الإسراء
Qurʼon nusxalaridan biridagi Isro surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 111, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 17, qora rangda - suraning ikkinchi nomi - Bani Isroil surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 50, 3. Rukuʼsi soni - 12; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:17, 3. Nozil boʻlish tartibi:50, 4. Rukuʼsi:12, 5. Oyati:111, 6. Porasi (Juzi):15 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Tungi sayr[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 282–293[4]
Juz 15
Sura raqami 17
Oyatlar soni 111
Sajda oyati 109-oyat[5]
Rukuʼlar soni 12[6]
Muqattaot harflari yoʻq[7]
Soʻzlar soni 1559
Harflar soni 6480
Nozil boʻlish tartibi 50[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Kahf surasi  Keyingisi 17 Oldingisi  Nahl surasi
Nozil boʻlish tartibi
Yunus surasi   Keyingisi 50 Oldingisi  Qasos surasi
                                   

Asosiy maʼnosi tahrir

Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi eʼtiqod, Alloh taoloning yakka-yolgʻizligi, qayta tirilish aniq maʼlumligi borasida soʻz ketsa-da, undagi eng asosiy jihat paygʻambar Muhammad alayhis-salomning shaxsiyatlari va u zotga Alloh tomonidan ato etilgan moʻʻjizalar taʼrif-tavsifidir. Bu sura Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga koʻrsatgan «sayr» moʻʻjizasi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shu boisdan, suraning nomi «Al-isro» — «Tungi sayr» deb atalgandir.

Bu surada Bani Isroil qavmi xususida ham soʻz yuritilib, ularning tugʻyon va isyonlari hamda oxirat-oqibat topajak musibatlari haqida xabar beriladi. Shuning uchun ayrim ulamolar uni “Bani Isroil” surasi deb ataydilar.

Bu sura moʻminlarga yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishdan keyingi eng zarur amal ota-onaga yaxshilik qilish, ularning huzurida taʼzim-tavozuʼ bilan turish, buyurgan ishlarini quloq qoqmay bajarish ekanini uqtiradi. Yana bu surada borliqdagi jonli-jonsiz barcha mavjudot oʻz vujudlari, oʻzaro bogʻlanishlari va bir tartib-intizomga soʻzsiz boʻyinsunishlari bilan ularni yaratgan ham, boshqarib turgan ham yolgʻiz Alloh taolo ekanligiga dalolat qilib turishi taʼkidlanadi.

Manbalar tahrir

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.

ISRO SURASI

Keyingisi: Kahf surasi   17-sura — arabcha matni Oldingisi: Nahl surasi