Issiqlik dvigateli - issiklik energiyasi mexanik energiyaga aylantiriladigan qurilma. Birlamchi dvigatellar ichida I. d. eng katta guruhni tashkil etadi. I. d. da kimyoviy yoki yadro yoqilgʻisi koʻrinishidagi tabiiy energetik resursdan foydalaniladi. I. d. ning porshenli (qarang Porshenli mashina), rotorli (qarang Vankel dvigateli) va reaktiv (qarang Reaktiv dvigatel) xillari bor. Ular ichki yonuv dvigatellariga va tashki yonuv dvigatellari (qarang Bugʻ mashinasi, Yadro kuch qurilmasi) ga ham boʻlinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil