Isteʼmol — iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish jarayonida moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish, takror i.ch. jarayonining oxirgi bosqichi. Isteʼmol turiga koʻra, ishlab chiqarish isteʼmoli va noishlab chiqarish Isteʼmol ga boʻlinadi. Ishlab chiqarish isteʼmoli i. ch. jarayonida xom ashyo, mashina, yoqilgʻi, yordamchi materiallar va b. ishlab chiqarish vositalarining hamda ishchi kuchi (jismoniy va maʼnaviy energiya)ning sarflanishini bildiradi. Shu sababli i.ch. isteʼmolchi bevosita i. ch. jarayoniga kiradi. Noishlab chiqarish isteʼmoli i . ch . doirasidan chetda yuz beradi. Bu jarayonda isteʼmol buyumlaridan foydalaniladi yoki ular tamomila Isteʼmol etiladi. Bunday Isteʼmol aholi Isteʼmol (yoki shaxsiy Isteʼmol) va ijtimoiy Isteʼmol (umumiy ijtimoiy Isteʼmol)ga boʻlinadi. Shaxsiy Isteʼmol jarayonida kishilarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, dam olish, salomatlikni saqlash kabi bevosita shaxsiy ehtiyojlari qondiriladi. Umumiy ijtimoiy Isteʼmol ga boshkarish, fan, mudofaa va b.ga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish kiradi.

Isteʼmol ning asosini moddiy neʼmatlarni i.ch. tashkil qiladi va i. ch. ning asosiy maqsadi Isteʼmol ga xizmat qilishdan iborat. Oʻz navbatida Isteʼmol ham i.ch. ga taʼsir koʻrsatadi. Isteʼmol ch. bilan Isteʼmol oʻrtasidagi bogʻlanish taqsimot va ayirboshlash orqali amalga oshadi. U yoki bu mamlakatda, u yoki bu tarixiy davrlarda Isteʼmol ning umumiy darajasi, aholi farovonligining oʻsishi ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil