Itchilik — it zotlarini boqish va koʻpaytirish; xoʻjalik tarmogʻi. Xizmat (yaylov, qorovul, ulov, chegara, qidi-ruv va b. xizmatlar), ov (sport va moʻynali xayvonlarni ovlash); havaskorlik I.ga boʻlinadi.

Foydalanishga qarab, itlar simtoʻrli volyerlarda, yogʻoch uychalarda boʻsh qoʻyib yoki bogʻlab, xonadonlarda hovlida yoki uy ichida bogʻlamay yoki bogʻlab boqiladi. Itlar uchun asosiy ozuqalar: goʻsht, tozalangan baliq, non, sabzavotlar, yormalar. Itga beriladigan ozuqa yarim suyuq boʻtqa boʻlib, goʻsht, sabzavotlar, yormalardan pishiriladi.

Shuningdek, xom goʻsht, qiltanoq va tangachalardan tozalangan baliq, baliq moyi, suyak, suyak uni beriladi. Katta yoshdagi yirik itning sutkalik ratsioni: 400—500 g goʻsht mahsulotlari yoki baliq, 300—400 g yorma, 200—300 g sabzavot, 10—12 g osh tuzi; urgʻochi itlarga boʻgʻozlik va kuchuklarni emizish davrlarida qoʻshimcha 150—200 g xom goʻsht, 1 l gacha sut va 30 g baliq moyi beriladi. Kuchuk bolalar 12—14 kunlikdan boshlab sigir suti bilan qoʻshimcha boqiladi (agar kuchuklar soni 8 tadan koʻp boʻlsa qoʻshimcha ovqatlantirish 6— 7-kunligidan boshlanadi). Asta-sekin suyuq boʻtqa (30—40° gacha sovutib), suvda ivitilgan non, xom qiyma qoʻshimcha ozuqaga qoʻshib beriladi. 25-kunligidan boshlab goʻshtli boʻtqalar, maydalangan sabzi, xom goʻsht qiyma berish mumkin. 6 oylikkacha kuniga 4—6 marta, 12 oylikkacha 3 marta, katta yoshdagilarga 2 marta ovqat beriladi.

Oʻzbekistonda I. uzok, tarixga ega. Qadimdan bu hududda yashagan chorvador qabilalar choʻpon itlarining eng yaxshi namunalarini saralash va koʻpaytirish bilan mahalliy boʻribosar, oʻrta osiyo ovcharkalari zotlarini yaratganlar. Ayrim podshohlar va amirlar saroylarida ovchi itlar zotlarini boqib parvarishlaydigan maxsus itboqarlar boʻlgan. Shaharqishloqlarda havaskorlar urishtirish uchun urishqoq itlarni boqish va musobaqalar oʻtkazish bilan shugʻullangan. Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin Oʻzbekistonda harbiy (xizmat), ov, dekorativ (tomosha) itlari boqish va koʻpaytirish boshlandi. 1908 yilda Toshkentda ovchilar jamiyati va uning huzurida ov I. klubi tashkil etildi. 1911 yilda Toshkentda ov itlari koʻrgazmasi oʻtka-zildi. Koʻrgazmada 60 ga yaqin itlar, shu jumladan, pointerlar, ingliz va shotland setterlari namoyish qilindi.

1927 yildan Oʻzbekiston ov itlari shajara daftari joriy qilindi (bu daftarni 40 y. davomida havaskor ki-nologitshunos K.P. Popovich yuritib keldi). 1937 y. Toshkent sh.da Butunit-tifoq armiya, aviatsiya va flotga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyatning (DOSAAF) Oʻzbekiston boʻlimi huzurida xizmat itlari klubi tashkil qilindi, shu yili xizmat it zotlari koʻrgazmasida 100 dan ortiq nemis ovcharkalari namoyish qilindi va shu yildan boshlab xizmat itlari shajara daftari yuritiladi. Oʻzbekistonda xizmat I.ni rivojlantirishda V. F. Shamrayev, V. Gubanov, F. N. Sherman, V. F. Guba, N. P. Jmilev, O. V. Rud-yuk, R. N. Ganiyev va b.ning xizmati katta.

Ov I. sohasida Oʻzbekiston ovchilar va baliq ovchilari uyushmasi huzurida kinologiya kengashi faoliyat koʻrsatadi. 1973 i. da tashkil etilgan Toshkent dekorativ I. havaskorlari jamiyati 1990 yildan Toshkent itsevarlar jami-yatiga aylantirildi. 1991 yildan Toshkent xizmat I. klubi Oʻzbekiston Res-publikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi tashkilotlar "Vatanparvar" Markaziy Kengashining respublika xizmat I. klubiga aylantirildi. 1992 y. may oy-ida yirik jamoat tashkiloti boʻlgan Oʻzbekiston kinologiya federatsiyasi tashkil topdi.

Xizmat I. sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi, Milliy xavfsizlik xizmatining na-slchilik pitomnigi, OʻzR Mudofaa va-zirligi xizmat itchiligi naslchilik pitomnigi, Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkarmasining naslchilik pitomnigi ishlaydi. Bu tashkilotlar I.ka oid naslchilik ishlarini olib boradi, itlarni amaliy maqsadlarda foydalanish ishlariga tayyorlaydi. Itlarning yangi zotlarini yetishtiradi, ularni sinovdan oʻtkazadi, koʻrgazmalar tashkil qiladi, itlarni oʻrgatish, mashq qilish st-yalari va maydonchalari tashkil etadi.

Har yili kuz faslida Toshkent, Angren, Chirchiq, oʻrganch, Zarafshon, Fargʻona va b. shaharlarda barcha it zotlarining koʻrgazmatanlovlari oʻtkaziladi (yana q. Kinologiya).

Rashid Ganiyev.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil