Ittikanak (Bidens) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar tur-kumi. Boʻyi 15—60 sm, barglari qanotsimon, qisqa bandli. Qaramaqarshi joylashgan. Gullari sariq, savatchaga toʻplangan. Mevasi pistacha. Oʻzbekistonda 1 turi oʻtloklarda, ariq boʻylarida, ekinlar orasida usadi. Tarkibida karotin, S vitamin, efir moyi, oshlovchi boʻyoq, shilimshiq va b. moddalar bor. Xalq tabobatida bolalarning diatez kasalligini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda ovqatni hazm qildiruvchi, siydik haydovchi va ter chikaruvchi dori sifatida, baʼzi teri kasalliklari (ekzema)ni davolashda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil