Ivanovo (1932-yil gacha IvanovoVoznesensk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1871-yil dan), Ivanovo viloyati markazi. Uvod daryosi (Klyazma irmogʻi) sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 472 ming kishi (1994). Shahar 19-asrning oxiridan Oʻrta Osiyoning arzon paxta xom ashyosi asosida toʻqimachilik sanoatining yirik markaziga aylandi. Mashinasozlik, yengil, kimyo, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, oʻlkashunoslik, chit va badiiy muzeylari, filarmoniya bor.[1]

Tarixi tahrir

Ivanovo Rossiyaning Oltin halqa sayyohlik roʻyxatiga kiritilgan va roʻyxatga kiritilgan boshqa shaharlardan bu erda deyarli hech qanday diniy yodgorliklar saqlanib qolmagani bilan farq qiladi, chunki shaharning asosiy qismi 1917-yil oktyabrdagi inqilobdan keyin vayron qilingan[2].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Экскурсия в Иваново“ (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.