Iyerogliflar (qadimgi yunoncha: ἱερός — „muqaddas“ va γλύφω — „oʻyiq“) — bir soʻz, boʻgʻin yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda. Iyerogliflarning eng qadimgisi Misr yozuvi belgilari boʻlib, miloddan avvalgi 4-ming yillik oxirida qoʻllangan. Hozirda 5 mingga yaqin Misr iyeroglifi maʼlum. Misr iyerogliflari orasida quyidagilar farqlanadi: 1) bir konsonatli belgilar (30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar; 3) bir butun soʻzni ifodalash uchun ideogrammalar; 4) determinatlar — soʻz maʼnosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz etilmaydigan) ideografik belgilar.

Iyerogliflar termini yozuvning boshqa tizimlariga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi (miloddan avvalgi 2 minginchi yillar) va hozirgi Xitoy yozuvi, xat yozuvining (miloddan avvalgi 2—1-ming yillar) turli tasviriy (mixxat boʻlmagan) belgilari va boshqalarga nisbatan qoʻllaniladi[1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.