Izmail — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dunay daryosi tarmogʻining chap sohilida. Qora dengizdan 80 km. Dengiz kemalari kira oladigan port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 95,1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). 12-asrda I. oʻrnida genuyaliklar qalʼasi boʻlgan. Keyinchalik u Moldova knyazligiga qaragan. 16-asrda turklarga tobe edi. 1569-yil Turkiya sultoni I. ga nugʻoylarni joylashtirgan. 1770—1918-yillarda shahar vaqt-vaqti bilan Turkiya va Rossiyaga karagan. I.ni 1918-yil Ruminiya egalladi, Ikkinchi jahon urushi davrida I.ni nemis-rumin qushinlari bosib oldi. 1944-yil 26-avgustda ozod kilingan.

I.da oziq-ovqat sanoati (sabzavot konserva, goʻsht kombinatlari, baliq, sut, uzum vinosi zavodlari) rivojlangan. Sellyuloza-karton kombinati, kema tuzatish, kema tuzatish-mexanika zavodlari, ped. instituti, suratlar galereyasi, A. V. Suvorov muzeyi bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil