Jako yoki boʻz toʻti (lotincha: Psittacus erithacus) — toʻtilar turkumiga mansub qush. Tanasining uz. 40 sm gacha. Tumshugʻi baquvvat, pastga qayrilgan. Oyoklari daraxtda oʻrmalab yurishga moslashgan. Dumi qizil, har xil tovlanadigan pati boʻz tusda, shuning uchun boʻz toʻti deb ham ataladi. Afrikaning tropik oʻrmonlarida tarqalgan. Gvineyadan to Angolagacha va Nyasa koʻllarigacha uchraydi. Uyasini daraxt kovaklariga soladi. 2 ta tuxum qoʻyadi. Kechasi 100—200 tadan boʻlib, baland daraxtlarda tunaydi. Makkajoʻxori donini juda yaxshi koʻradi. J. qafasda saqlanadi va soʻzlashga oʻrgatiladi. Qoʻlda 70 yiddan ortiq yashagani maʼlum. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil