Jamila Tolegenovna Baspakova (1966-yil 15-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi, Qaragʻanda viloyati, Temirtau shahrida tugʻilgan. Qozogʻistonlik opera qoʻshiqchisi (lirik-koloratura soprano ijrochisi). 1999-yilda Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoniga, 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor bo’lgan. 1994-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi opera-yakkaxoni sanaladi.

Tarjimai hol tahrir

Jamila 1966-yil 15-yanvarda Qaragʻanda viloyatining Temirtau shahrida dunyoga kelgan.

U 1987-yil Temirtau shahridagi musiqa bilim yurtini tamomlaydi.

1987-1992-yillarda Kurmangaz nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasini vokal fakultetida tahsil olib, (Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist S.G.Kurmangaliyeva professor qoʻlida) tamomlaydi.

1992-1993-yillarda (Italiya, Ozimo shahrida) sanʼat-opera akademiyasida professor Mario Melanida qo’lida malakasini oshiradi.

Jamila Baspakova 1994-yildan shu davr mobaynigacha Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi yakkaxoni sifatida faoliyat yuritadi.

U 2013-yildan Kurmangaz nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.

Repertuarlari tahrir

Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri

  • Myuzetta (J.Puchchinining „Bogema“si)
  • Mikaela (J.Bizening „Karmen“i)
  • Rozalinda (I.Shtrausning „Koʻrshapalak“)
  • Lyuchiya (g.Donitsetti „Lyuchiya di Lammermur“)
  • Adina (G.Donitsetti „Muhabbat sharobi“)
  • Jilda (J.Verdi „Rigoletto“)
  • Rozina (J.Rossini „Sevillik siryulniklar“)
  • Tomiris (A.Serkebayev „Tomiris“)
  • Lyu (J.Puchchini „Turandot“)
  • Violetta (J.Verdi „Traviata“)
  • Margarita (Sh.Guno «Faust»)
  • Marfa (N.Rimskiy-Korsakov „Saroy xonimi“)
  • Venera (R.Vagner «Tangeyzer»)
  • Oskar (J.Verdi „Maskaradli bal“)
  • Konstansa (V.Motsart „Seralyadagi oʻgʻirlik“)
  • Ganna (f.Legar „Quvnoq beva“)
  • Soprano ijrosida (K.Orf „Boyern qoʻshigʻi“)

Xizmat safarlari tahrir

MDH mamlakatlari bo’ylab  bir qancha xizmat safarlarida boʻlgan: Toshkent, Bishkek, Ashxobod, Omsk, Orenburg, Ashxobod opera teatrida, Xarkov, Qozonda. Moskvadagi Katta teatrlarda, Maslahatlar uyi zalida, Sankt-Peterburg Tavrich Saroyi, Parij-Pliyed zalida, Germaniya Bonn, Berlin, Frankfurtmayn, Gollandiya va Belgiya shaharlarining nufuzli zallarida ham kuylagan.

Yutuqlari tahrir

Vokal tanlovi mukofotlari:

  • 1991-yil K.Bayseitova nomidagi (Olmaota) Xalqaro vokalchilar tanlovi laureati.

Unvonlari tahrir

  • 1994-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni berilgan. (1994-yil 26-mayda)[1]
  • 1999-yil — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni berilgan.

Manbalar tahrir

  1. УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О НАГРАЖДЕНИИ ГРУППЫ УЧАСТНИКОВ ДНЕЙ РЕСПУБЛИКИ КАЗАХСТАН В УЗБЕКИСТАНЕ: За самоотверженный труд и высокое профессиональное мастерство, проявленные при подготовке и проведении Дней Республики Казахстан в Узбекистане, присвоить почётные звания: «Заслуженный артист Республики Узбекистан»: Баспаковой Жамиле — солистке государственного академического театра оперы и балета имени Абая