Drnovshek Yansz (1950.17.5, Sele) — Sloveniya davlat avrbobi. Lyublyana universitetini tugatgan. 1974-yildan qishloq xoʻjaligi kooperativida ishlagan, soʻng Lyublyana bankining Trbovledagi boʻlimi direktori, 1982-yildan Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi (YUSFR)ning Misrdagi elchixonasida maslahatchi yordamchisi, 1984—89 yillarda YUSFR Skupshchinasi (parlamenti) deputati, 1989—90 yillarda YUSFR prezidiumi raisi, 1992 yil mar-tdan Sloveniya Liberal-demokratik partiyasi (1994 yildan Sloveniya Liberal-demokratiya partiyasi) raisi, 1992 yil dekabr — 2000 yil aprel va 2000 yil noyabr — 2002 yil dekabrda Sloveniya Respublikasi bosh vaziri, 2002 yil dekabrdan Sloveniya Respublikasi prezidenti. Boston, Illinoys universiteti, Yevropa fan va sanʼat akademiyasining faxriy doktori[1].

Janez Drnovšek (2004)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent. 2000-yil.