Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi

Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi, Janubiy Osetiya SRSovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. 1983-yil Janubiy Osetiya AO aholisi 98 000 kishi boʻlgan.[1] Oblast hududida osetinlar, gruzinlar, ruslar yashagan. Markazi Sxinvali shahri boʻlgan.

1990–1991
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Janubiy Osetiya avtonom oblasti
Janubiy Osetiya

1922-yilning 20-aprelida Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) (gruzincha: სამხრეთ ოსეთის ავტონომიური ოლქი; osetin: Ху́ссар Ирыстоны автономон бæстæ ; ruscha: Юго-Осетинская автономная область) tuzilgan. Oblast 1990-yilgacha mavjud boʻlgan.

Oʻsha yili 20-sentabrda Janubiy Osetiya AO Gruziya SSRdan ajralib chiqib, Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi nomi bilan Sovet Ittifoqi tarkibidagi suveren respublikaga aylanganini eʼlon qilgan. Buni Gruziya SSR tan olmagan va 1990-yilning 11-dekabr kuni Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini butunlay tugatish haqida qaror chiqargan. Natijada 1991-yilning 5-yanvarida Birinchi Janubiy Osetiya urushi boshlanib ketgan. 1991-yilning 21-dekabrida Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan.

Hozirgi kunda 1922–1990-yillarda Janubiy Osetiya AO hamda 1990–1991-yillarda Janubiy Osetiya SR oʻlaroq maʼlum boʻlgan hudud oʻrnini Janubiy Osetiya Respublikasi egallagan. Gruziya konstitutsiyasida Janubiy Osetiya Gruziya tarkibiga kirishi aytilgan. 2008-yilning avgustida sodir boʻlgan Gruziya-Rossiya urushi ortidan ayrim davlatlar, xususan, Rossiya Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi. Respublika mustaqilligini tan olgan respublikalar soni oltitaga yetgan.

Manbalar tahrir

  1. "Janubiy Osetiya avtonom oblasti" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 276. 5-89890-002-0.