Janubiy Xuroson (forscha: خراسان جنوبی‎ / Xorâsân-e Janubi) — Eron ustonlaridan biri. Eronning sharqiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Birjand shahri. Boshqa yirik shaharlari: Qoyin, Firdavs. Aholisi soni — 662 mingdan ziyod.

Janubiy Xuroson
forscha: خراسان جنوبی‎ / Xorâsân-e Janubi
Uston
Maʼmuriy markazi Birjand
Yirik shahari Birjand
Boshqa yirik shaharlari Qoyin, Firdavs
Asos solingan sanasi 2004-yil
Rasmiy tili forscha
Aholi (2011) 662 534 (4-oʻrin)
Zichligi 4,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi forslar, balujlar, pushtunlar, tojiklar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 95 385 km²
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Xaritada
Janubiy Xuroson xaritada
Koordinatalari: 32°51′55″N 59°12′59″E / 32.86528°N 59.21639°E / 32.86528; 59.21639 G O

Shahristonlari tahrir

 
Uston shahrisonlari

Janubiy Xuroson ustoni 11 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Birjand
  2. Bushroʻyi
  3. Qoyin
  4. Darmiyon
  5. Nahbandon
  6. Saroyon
  7. Sarbisha
  8. Firdavs
  9. Tabas
  10. Zirkoʻh
  11. Xusf

Aholisi tahrir

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Xuroson ustonida 662 534 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini forslar tashkil etadi. Ustonda shuningdek juda koʻp balujlar, pushtunlar va tojiklar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (asosiy qismi shia mazhabiga, bir qismi esa sunniy mazhabiga aloqador). Uston rasmiy tili — forscha.

Manbalar tahrir