Jaroslav Seifert (1901.23.9, Praga yaqinidagi Jijkov shahri — 1986.10.1) - chex shoiri. 1920-yil "Toʻqqizlar guruhi" nomli avangardizm kayfiyatidagi adabiy toʻgarak ochgan. "Poetizm" uslubi S.ning dastlabki kitoblarida seziladi ("Koʻzlari yoshli shahar", 1921; "Muhabbatning oʻzi", 1923; "Asal oyi", 1925; "Bulbul yomon kuylayapti", 1926). Keyinchalik uning asarlari mavzusi oʻzgarib, proletar sheʼriyatidan chekingan. 1929-yilda kompartiyadan chiqqan, manifest yozib, unda kompartiyaning senzura siyosatini qoralagan, siyosiy nashriyotlar bilan hamkorlikni toʻxtatgan va sotsialdemokratik partiyaga kirgan. Shundan soʻng siyosatdan tashqaridagi mavzular: umuminsoniy qadriyatlar, muhabbat, bolalik va boshqa haqida ijod qilgan. 1977-yil yana siyosiy jarayonlarga aralashib, senzurani yoʻqotish, yozuvchilarning eʼtiqod uchun taʼqib qilinishi, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda qamokxonalarga tashlashni qoralab chiqqan. 1980—83 yillar S.ning asarlari, asosan, ingliz tiliga tarjima qilinib, Angliya va AQShda tarqatilgan. "Bojena Nemsova yelpigʻichi" (1940), "Loyning dubulgʻasi" (1945) va boshqa toʻplamlari Praga qoʻzgʻoloni, Chexoslovakiyaning fashistlar istilosidan ozod qilinishiga bagʻishlangan. Urushdan keyingi asarlari — "Motsart Pragada" (1946), "Onajon" (1954), "Bola va yulduzlar" (1956), "Qoʻngʻiroklar yasash" (1967) va boshqa Nobel mukofoti laureati (1984).[6]

Jaroslav Seifert
Tavalludi 23-sentyabr 1901[1][2][3][4][5]
Vafoti 10-yanvar 1986[1][3][4][5]
Ijod qilgan tillari Chex tili[1]
Fuqaroligi Chexoslovakiya[2]

Manbalar tahrir