Xavier Perez de Kuelyar de la Gerra (ispancha: Javier Pérez de Cuéllar y de la Guerra; 19-yanvar 1920, Lima, Peru – 6-mart 2020[1]) 1-yanvar 1982-yildan 31-dekabr 1991-yilgacha Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi boʻlgan[2].

Javier Pérez de Cuéllar
talaffuzi: Xavier Perez de Kuelyar
ispancha: Javier Pérez de Cuéllar y de la Guerra
 Peru bosh vaziri
Mansab davri
2000-yil 22-noyabrdan – 2001-yil 28-iyulgacha
Prezident Valentin Paniagua
Oʻtmishdoshi Fedeico Salas
Vorisi Roberto Daninio Sapata
 Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi
Mansab davri
1982-yil 1-yanvardan – 1991-yil 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Kurt Waldheim
Vorisi Butros Butros-Gʻoliy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-yanvar 1920-yil
Lima, Peru
Vafoti 4-mart 2020-yil(2020-03-04)
(100 yoshda)
Lima, Peru
Mukofotlari Muqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni sohibi

Biografiyasi tahrir

Xaver Peres de Kuelyar 1920-yil 19-yanvarda Peruning Lima shahrida kelib chiqishi Kuelyardan boʻlgan ispaniyalik ijarachi oilasida tugʻilgan[3][4][5]. Ota-bobolari 16-asrda Ispaniyadan koʻchib kelgan. Otasi u 4 yoshga toʻlganida vafot etgan[6]. Kolegio San-Agustinda oʻqidi, fransuz tilini oʻrgandi va 1943-yilda Peru Papalik katolik universitetida huquqshunoslik darajasini oldi.

1940-yilda Tashqi ishlar vazirligiga, 1944-yilda diplomatik xizmatga ishga kirdi. Peruning Fransiyadagi elchixonasida 3-kotib boʻlib ishladi[7][8][9]. Britaniya, Boliviya va Braziliyada ishlagan[10]. 1964—1966-yillarda Shveytsariyada, 1969—1971-yillarda Sovet Ittifoqi va Polshada, 1977—1979-yillarda Venesuelada elchi boʻlib ishlagan[11][10].

1946-yilda Londonda chaqirilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasida Peru delegatsiyasi va Assambleyaning 25-30-sessiyalarida delegatsiyalar aʼzosi boʻlgan[12][13]. 1971-yilda Peruning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlandi. 1975-yilgacha Assambleyadagi mamlakat delegatsiyasiga rahbarlik qildi[12].

1973-1974-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashida Peru vakili boʻlgan[14]. 1975-yil 18-sentyabrda Bosh kotibning Kiprdagi maxsus vakili etib tayinlandi. 1977-yil dekabrigacha bu lavozimni egallagan[14]. 1975-yilda Peres de Kuelyar birinchi xotinidan ajrashdi va Marsela Templ Seminarioga (1933–2013) uylandi, undan farzandi yoʻq edi[15][16][17].

1979-yil 27-fevralda BMT Bosh kotibining maxsus siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. 1981-yil apreldan Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Bosh kotibning maxsus vakili sifatida ham ishlagan. Oʻsha yilning aprel va avgust oylarida Pokiston va Afgʻonistonga tashrif buyurdi[18].

1981-yil dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi etib saylandi[19]. 1986-yil oktyabr oyida bir ovozdan ikkinchi muddatga qayta saylandi[20]. Peres de Kuelyarning bosh kotib sifatidagi ikkinchi muddati, rejalashtirilganidek, 1991-yil 31-dekabrda yakunlandi[21].

1995-yilda Peru prezidentligi uchun Alberto Fuhimori bilan kurashdi. Fuhimori korruptsiyada ayblanib isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u 2000-yil noyabridan 2001-yil iyuligacha bosh vazir va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan[22][23]. Alejandro Toledo 2001-yilda prezident etib saylanganidan keyin[24], Javier Pérez de Cuéllar Peruning Fransiyadagi elchisi va YUNESKOdagi doimiy vakili sifatida Parijga bordi va 2004-yilda nafaqaga chiqdi[23].

1997-yilda Peres de Kuelyar oʻzining „Pilgrimage for Peace“ memuarini yozdi[25]. Peres de Kuelyar 100 yoshga toʻlganidan ikki oy oʻtib, 2020-yil 4-mart kuni Limadagi uyida vafot etdi[26][27].

Mukofotlari tahrir

1987:   Javoharlal Neru mukofoti[7].

1987: Xalqaro hamkorlik uchun Asturiya shahzodasi mukofoti[7].

1989:   „Tinchlik uchun“ xalqaro mukofoti. Italiya tadqiqot instituti Archivio Disarmo tomonidan berilgan[7].

1989:   Xalqaro tushunish va umumiy xavfsizlik uchun Olof Palme mukofoti[7].

1991:   Faxriy Legionning Buyuk xochi[7].

1991:   Qirolicha Yelizaveta II tomonidan berilgan Muqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni faxriy ritsari[7].

1991:   Amerika akademiyasining Oltin plastinka mukofoti[7].

1991:   AQSh Prezidentining Ozodlik medali[7].

1992:   Ozodlik medali[7].

Manbalar tahrir

  1. „БМТнинг собиқ бош котиби Перес де Куэльяр 100 ёшида вафот этди“.
  2. Biografiyasi
  3. Roberts, Priscilla „[[[:Andoza:GBurl]] Pérez de Cuéllar, Javier]“,. The Encyclopedia of Middle East Wars: The United States in the Persian Gulf, Afghanistan, and Iraq Conflicts [5 volumes] (en) Tucker: . ABC-CLIO, 8 October 2010 — 968–969 bet. ISBN 978-1-85109-948-1. 
  4. McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  5. Briceno. „Pérez de Cuéllar, Peruvian two-term UN chief, dies at 100“. AP News (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  6. McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 23-yanvar.
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 „Javier Perez de Cuellar“. United Nations Secretary-General. 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  8. „Javier Pérez de Cuéllar obituary“ (en). The Times. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  9. [[[:Andoza:GBurl]] The International Year Book and Statesmen's Who's Who]. Burke's Peerage Limited, 1978 — 565 bet. 
  10. 10,0 10,1 McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  11. Leyden, Andrew. [[[:Andoza:GBurl]] Gulf War Debriefing Book: An After Action Report]. Hellgate Press, 1997 — 15 bet. ISBN 978-1-55571-396-6. 
  12. 12,0 12,1 McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  13. „Javier Perez de Cuellar“. United Nations Secretary-General. 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  14. 14,0 14,1 „Javier Perez de Cuellar“. United Nations Secretary-General. 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  15. „Javier Pérez de Cuéllar obituary“ (en). The Times. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  16. Crowther. „Javier Pérez de Cuéllar (1920–2020), former secretary-general of the United Nations“ (en-US). Legacy.com (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  17. „Former UN chief Javier Perez de Cuellar dies aged 100“. RTÉ News (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  18. „Javier Perez de Cuellar“. United Nations Secretary-General. 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  19. „Security Council Elects a Peruvian Secretary General“ (en-US). The New York Times (1981-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  20. Sciolino, Elaine. „Man in the News: Javier Perez de Cuellar; Unanimously, the U.N.'s Man“ (en-US). The New York Times (1986-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  21. McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  22. McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  23. 23,0 23,1 Gott. „Javier Pérez de Cuéllar obituary“ (en). The Guardian (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  24. „Former UN chief Javier Perez de Cuellar dies aged 100“. RTÉ News (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  25. McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  26. „Javier Pérez de Cuéllar falleció a los 100 años“ (es). El Comercio (2020-yil 4-mart). 2020-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-mart.
  27. McFadden, Robert D.. „Javier Pérez de Cuéllar Dies at 100; U.N. Chief Brokered Peace Pacts“ (en-US). The New York Times (2020-yil 5-mart). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.