Jazzor posho, Jazzor, Ahmad posho (taxminan 1735—1804, aprel, Akka) — Falastin va Suriyaning koʻpgina qismi hokimi (1775—1804). Bosniyalik. Oʻz faoliyatini Misrda mamluk sifatida boshlagan (1756); badaviylar qoʻzgʻolonini bostirishda koʻrsatgan shafqatsizligi uchun "qassob" (arab, "jazzor") laqabini olgan. 1775 yilda Sayda voliysi (hokimi) etib tayinlangan. 1790 yilda Damashq poshosi boʻlgan. Turk sultoni xrkimiyatini nomigagina tan olgan, butun Suriya va Falastinning amaldagi hokimi. Oʻzining armiyasi boʻlgan. Savdo va qishloq xoʻjaligi monopoliyasi tizimini joriy qilgan. Xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsiz bostirgan. Napoleon I Bonapart qoʻshinlari Akkani qamal qilishganda (1799 y. 21 mart — 20 may) J.p. qoʻshinlari unga bardosh berib, raqiblarini chekinishga majbur qilishgan. 18-asrdagi Misr tarixi boʻyicha muhim boʻlgan "Nizomnomayi Misr" ("Misr tavsifi") muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil