Jean Bourgain

belgiyalik matematik

Jean Bourgain (talaffuzi: Jan Burgeyn) (28-fevral 1954-yil – 22-dekabr 2018-yil) — belgiyalik matematik. Bourgain matematik analiz boʻyicha ishlari, xususan, Banach sathlari geometriyasi, garmonik analiz, ergodik teoriya hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar yoʻnalishlaridagi ishlari bilan tanilgan. Bourgain, shuningdek, analitik son nazariyasi, kombinatorika, spektral teoriya hamda guruhlar teoriyasini ham oʻrgangan.

Jean Bourgain
Tavalludi 28-fevral 1954-yil
Ostend, Belgiya
Vafoti 22-dekabr 2018-yil(2018-12-22)
(64 yoshda)
Bonheiden, Belgiya
Fuqaroligi Belgiya
Sohasi Matematika
Institutlar Perspektiv tadqiqotlar instituti
Illinois universiteti
California universiteti, Berkeley
Taʼlimi Brussel erkin universiteti
Akademik rahbarlari Freddy Delbaen
Mashhur shogirdlari James Colliander
Mashhur ishlari Analitik son teoriyasi
Garmonik analiz
Ergodik teoriya
Banach sathlari
Qisman differensial tenglamalar
Taʼsir olgan Laurent Schwartz
Bernard Maurey
Gilles Pisier
Vitali Milman
Taʼsir koʻrsatgan Terence Tao
Mukofotlari Salem mukofoti (1983)
Ostrovskiy mukofoti (1991)
Fields medali (1994)
Shaw mukofoti (2010)
Crafoord mukofoti (2012)
Matematika yutugʻi mukofoti (2017)
Steele mukofoti (2018)

Bourgain 1977-yil Brussel erkin universitetidan PhD darajasini olgan. 1981—1985-yillarda ayni universitetda professor oʻlaroq ishlagan. 1985—1995-yillarda Fransiyaning Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan. 1994—2018-yillarda New Jerseydagi Perspektiv tadqiqotlar institutida faoliyat yuritgan. 2012—2014-yillarda California universiteti, Berkeley professori.

Bourgain 1994-yil Fields medali bilan taqdirlagan. Olim 2009-yil Shvetsiya qiroliy Fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. 2015-yil Belgiya qiroli Philippe IV Bourgainni baron etib tayinlagan.