James Marshall „Jimi“ Hendrix (talaffuzi: Jeyms Marshall Jimi Hendriks; asl ismi: Johnny Allen Hendrix (talaffuzi: Jonni Allen Hendriks); 27-noyabr, 1942 – 18-sentabr, 1970) amerikalik musiqachi, xonanda va qoʻshiq yozuvchi boʻlgan. Qisqa vaqtlik (toʻrt yil) faoliyatiga qaramay, ommabop musiqada eng buyuk elektrogitarachi va XX asrning eng muhim musiqachilaridan biri, deb hisoblanadi.

Jimi Hendrix

Hendrix Niderland televideniyesida, 1967
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Johnny Allen Hendrix
27-noyabr 1942-yil
Vafoti 18-sentyabr 1970-yil(1970-09-18)
(27 yoshda)
Kensington, London, Angliya
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Qoʻshiqchi, shoir, musiqachi, produser
Guruh The Jimi Hendrix Experience
Janr Psixedelik rock, hard rock, blues rock
Faoliyat yillari 1963—1970
Veb-sayt jimihendrix.com

Amerika rock and roll va electric blues musiqalaridan ilhomlangan Hendrix oʻzining The Jimi Hendrix Experience guruhi bilan Yevropada muvaffaqiyatga erishdi. Keyinchalik, 1967-yilgi Monterey Pop Festivalida qatnashib, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ham shuhratga erishdi. 1969-yili katta Woodstock festivalida bosh ijrochilardan boʻldi.

Hendrix musiqaga stereofonik feyzer samarasi, gitara fidbeki kabi yangiliklarni olib kirdi, elektrogitara bilan yangicha chalish usullari kashshofi boʻldi.[1]

Jimi Hendrix 1970-yil 18-sentabrida Londondagi Samarkand mehmonxonasida barbituratdan zaharlanib vafot etgan.[2]

Hayotligida va oʻlimidan keyin koʻplab musiqa mukofotlari olgan Jimi Hendrix sharafiga 1997-yili Londonda memorial taxta oʻrnatildi. Rolling Stone jurnali uni birinchi raqamli gitarachi[3] va oltinchi eng buyuk artist qilib tanlagan.[4]

Diskografiyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. Stix, John (1992). Eddie Kramer: Off the Record. In Stix, John. "Jimi Hendix/Stevie Ray Vaughan". Guitar Presents (57).
  2. Moskowitz, David (2010). The Words and Music of Jimi Hendrix. Praeger. ISBN 978-0-313-37592-7.
  3. 100 Greatest Guitarists: David Fricke's Picks (Wayback Machine saytida 2011-08-26 sanasida arxivlangan), Rolling Stone
  4. 100 Greatest Artists: Jimi Hendrix, Rolling Stone

Havolalar tahrir