Jiu-jitsu — yaponcha oʻzini oʻzi himoya etish va qurolsiz hujum qilish yoʻli. Unda raqibning eng nozik joylari — quyosh chigali (qorinda), uyqu arteriyasi, jigar va h. k.ga zarba berish; qoʻl va oyoq boʻgʻimlarini qayirish, turli tashlanish, bosib olish kabi usullar ishlatiladi. Bunday usullar jismoniy jihatdan baquvvat yoki qurollangan raqibga qarshi kurashda alohida ahamiyatga ega. J.-j. 13-asrda paydo boʻlgan. Uning asosida dzyudo kurashi kelib chiqqan (qarang Dzyudo, Karate).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil