Jizzax politexnika instituti — kimyo texnologiyasi, avtomobil va avtomobil xoʻjaligi, bino va inshootlar qurilishlari, fermer xoʻjaliklari va b. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1989-yilda Toshkent politexnika instituti Jizzax boʻlimi tashkil etilib, 1990-yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Jizzax boʻlimiga aylantirildi. 1992-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax boʻlimi, Toshkent avtomobil transporti va yoʻllari instituti Jizzax umumtexnika fakulteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Jizzax boʻlimlari birlashtirilib J. p. i. tashkil etildi. Institutda avtomatika, muhandislik iqtisodiyoti, sanoat texnologiyasi va qurilish fakultetlari hamda sirtqi fakultetlari mavjud. Institutda kunduzgi boʻlimda 13 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 4 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar; sirtqi boʻlimda 16 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. 2000/2001 oʻquv yilida 1900 dan ortiq talaba taʼlim oldi; 18 ta kafedra va 4 ta ilmiy laboratoriya boʻlib, unda 143 professoroʻqituvchi, jumladan 1 akad., 13 fan doktori va professor, 49 fan nomzodi, 20 dotsent ishladi. Institutda aspirantura, 40 oʻquvchiga moʻljallangan tayyorlov kursi mavjud. Institut kutubxonasida 67 mingdan ziyod asar saqlanadi. 2002-yilgacha 6500 dan optiq, mutaxassis tayyorlandi.[1]

Jizzax politexnika instituti
(JPI)
Asos solingan 1992-yil
Oʻquv yurti turi institut
Yoʻnalish mashinasozlik
Manzili Jizzax shahri I.Karimov shoh ko`chasi 4 uy
Vebsayti jizpi.uz

Koordinatalari: 40°7′46.200000000001″N 67°50′9.5999999999947″E / 40.12950000000000017°N 67.835999999999998522°E / 40.12950000000000017; 67.835999999999998522 G O

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil