Jonli shlyapa

rus yozuvchisi Nikolay Nosov qalamiga mansub hikoya

„Jonli shlyapa“ (ruscha: Живая шляпа) — rus yozuvchisi Nikolay Nosov qalamiga mansub hikoya. Muallif hikoyani 1938-yil yozgan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan, Hikoya asosida film va multfilm suratga olingan.

Jonli shlyapa
Asl nomi Живая шляпа
Muallif(lar) Nikolay Nosov
Tarjimon(lar) Sh. Boʻtayev
Til ruscha
Janr(lar)i hikoya
Nashr etilgan sanasi 1938
Nashriyot „Yulduzcha“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1988
Sahifalar soni 16

Hikoyani oʻzbek tiliga Sh. Boʻtayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Syujet tahrir

Hikoyada Vaska ismli mushukcha va Vova va Vadik ismli ikki doʻst haqida hikoya qilinadi. Vova va Vadik rasm chizayotib qandaydir shovqin boʻlayotganini eshitadilar. Tepada turgan shlyapa qulab tushadi. Ikki doʻst shlyapaga yaqinlashmoqchi boʻlishsa, u harakatga keladi.

Bolalar qoʻrqib ketadilar. Shlyapaga kartoshka uloqtirib koʻradilar. Pirovardida qulagan shlyapa ostida mushukcha qolganini anglab yetadilar.

Qahramonlar tahrir

  • Vova – bosh qahramon
  • Vadik – bosh qahramon, Vovaning doʻsti
  • Vaska – mushukcha

Oʻzbekcha tarjima tahrir

Asarni rus tilidan oʻzbek tiliga Sh. Boʻtayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan. Kitob rasmlarini G. Li chizgan.

Boshqa tillarga tarjimalari tahrir

„Jonli shlyapa“ hikoyasi yana polyak (polyakcha: Żywy kapelusz) (1954), eston (estoncha: Elav kaabu) (1958), olmon (nemischa: Der lebende Hut) (1962), frasuz (fransuzcha: Drôle de chapeau) (1967), ingliz (inglizcha: A Live Hat) (1971), fin (fin: Elävä hattu) (1985), malagasi (malagasicha: Satroka manenjika) (1985) hamda irland (irl.: An hata beo) (1988) tillariga tarjima qilingan.

Manbalar tahrir

  1. „Jonli shlyapa“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.

Havolalar tahrir