Joseph Keller (talaffuzi: Jozef Keller) (31-iyul 1923-yil — 7-sentyabr 2016-yil) — amerikalik matematik. Keller difraksiyaning geometrik nazariyasi yoʻnalishidagi ishlari bilan tanilgan. 1997-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Joseph Bishop Keller
Tavalludi 31-iyul 1923-yil
Paterson (New Jersey), AQSh
Vafoti 7-sentyabr 2016-yil(2016-09-07)
(93 yoshda)
Stanford (California), AQSh
Istiqomat joylari AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar New York universiteti
Stanford universiteti
Akademik rahbarlari Richard Courant
Mashhur shogirdlari Herbert Bishop Keller
George Papanicolaou
L. Mahadevan
Mashhur ishlari Difraksiyaning geometrik nazariyasi
Einstein–Brillouin–Keller metodi
Mukofotlari Eringen medali (1981)
Timoshenko medali (1984)
Ig Nobel mukofoti (Shnobel mukofoti) (1999, 2012)
Milliy fan medali (AQSh) (Matematika, statistika va hisoblash fanlari boʻyicha) (1988)
Nemmers matematika mukofoti (1996)
Wolf mukofoti (1997)

Keller New Jersey shtatining Paterson shahrida tugʻilgan. Eastside High Schoolda oʻqigan va u yerda matematiklar jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1943-yilda New York universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1948-yilda ayni universitetida Ph.D darajasini olgan. Keller 1979-yilgacha New York universiteti Courant institutida professor boʻlib ishlagan. Soʻngra 1993-yilgacha Stanford universitetida matematika va mexanika muhandisligi professori boʻlgan.

Keller matematikaning ilm-fan va muhandislikka tatbiqi sohalariga hissa qoʻshgan. Xususan, olim toʻlqin tarqalishi sohasini oʻrgangan. Shuningdek, kvant mexanikasi tizimlarida xususiy vektorlarni hisoblashning Einstein–Brillouin–Keller metodiga ham salmoqli hissa qoʻshgan.