Jurua, Juruá — Braziliyaning gʻarbidagi daryo, Amazonkannnt oʻng irmogʻi. Uzunligi 3280 km, havzasining mayd. 224 ming km2. Peru And togʻlari (Mantanya togʻlari) etagidan boshlanib, oʻrta va quyi oqimida Amazonka pasttekisligidan oʻtadi. Yomgʻirdan suv oladi. Yanv.dan maygacha sersuv, avgust—okt.da sayozlanib qoladi. Oʻrtacha suv sarfi 9000 m3/sek. Kruzeyru-du-Sul sh.dan boshlab kema qatnaydi.[1]

Jurua
Tavsif
Uzunligi 3 100
Suv sarfi 4 765 m³/s
Joylashuvi
Davlat Braziliya va Peru
Jurua

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil