KETS yulduzi. Amfibiya odam

rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ikki roman toʻplami

„KETS yulduzi. Amfibiya odam“ (ruscha: Звезда КЭЦ. Человек-амфибия) — rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik romanlar toʻplami. Toʻplamga muallifning „KETS yulduzi“ hamda „Amfibiya odam“ romanlari kiritilgan. Romanlarni rus tilida oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Toʻplam 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvadriya“ nashriyotida chop etilgan.

KETS yulduzi. Amfibiya odam
Asl nomi Звезда КЭЦ. Человек-амфибия
Muallif(lar) Aleksandr Belyayev
Tarjimon(lar) Nizom Komilov
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy-fantastik romanlar
Nashriyot „Yosh gvadriya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1970
Sahifalar soni 340

Mazkur toʻplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, G. Jirnov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

KETS yulduzi tahrir

„KETS yulduzi“ romani Ilk bor „Vokrug sveta“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida esa birinchi marta 1936-yil nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor „KETS yulduzi. Amfibiya odam“ toʻplamida chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

„KETS yulduzi“ fazoni oʻzlashtirish mavzusidagi Sovet Ittifoqida chop etilgan ilk fantastik asardir. „KETS yulduzi“ rus olimi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy xotirasiga bagʻishlangan. Asarda yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi KETS yulduzi deb ataladi.

Amfibiya odam tahrir

Belyayev „Amfibiya odam“ romanini 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil „Vokrug sveta“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham oʻsha yili nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor „KETS yulduzi. Amfibiya odam“ toʻplamida chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

Asar bosh qahramoni Ixtiandr ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir.

Havolalar tahrir