Kalit (musiqada) — besh qatorli nota yoʻlining birortasiga qoʻyiladigan maxsus belgi. K. aynan shu chizikda joylashgan nota nomi va balandligini, ayni paytda barcha chizikdagi notalarda ifodalangan tovushlar balandligini belgilaydi. Zamonaviy nota yozuvida, asosan, "sol" ("skripka"), "fa" ("bas"), baʼzida "do" ("alt", "tenor" va b.) K. lari qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil