KamchatkaOsiyoning shim.sharqidagi yarim orol, Rossiya Federatsiyasida. Tinch okean, Oxota va Bering dengizlari bilan oʻralgan. Uzunligi 1200 km. Mayd. 370 ming km2. Markaziy qismini Oʻrtaliq va Sharqiy tizmalar kesib oʻtgan, ular oraligʻida Markaziy Kamchatka pasttekisligi va Kamchatka daryosi joylashgan. K.da 160 dan ziyod vulkan (28 tasi harakatdagi vulkanlar) bor. Eng baland joyi 4750 m — Klyuchi Sopkasi. Issiq mineral buloqlar va geyzerlar mavjud. Iqlimi, asosan, moʻʼtadil musson iklim. Fevralning oʻrtacha temperaturasi —13°, avgust niki 12°. Yillik yogʻin 600 mm dan 1000 mm gacha. Siyrak qaragʻayzor va igna bargli oʻrmonlar bilan krplangan. Shimoli — tundra. Kronoki qoʻriqxonasi tashkil etilgan.[1]

Kamchatka

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil