Kamikadze (yaponcha: 神風, kamikaze, simpu; kami — „iloh“, kadze — „shamol“) — „ilohiy shamol“, moʻgʻul xoni Xubilayning Yaponiya qirgʻoqlariga yaqinlashgan kemalarini ikki marotaba yoʻq qilgan tayfunning nomi[1].

20-asrning oʻrtalarida „kamikadzw“ soʻzi Tinch okeanida borayotgan urushning soʻnggi bosqichida yaponlarning dushman kemalariga oʻz samolyoti bilan hujum qilib, halok boʻlgan uchuvchilariga nisbatan qoʻllanila boshlandi. „Kamikaze“ — yaponcha „tokkotay“ atamasining bir qismi boʻlib, ushbu soʻz barcha dushmanga talofat yetkazish maqsadida oʻz joniga qasd qiluvchi koʻngillilarni (nafaqat uchuvchilarni) nazarda tutgan[2]. Yaponlar bu kabi harakatlarni tokubetsu ko: geki tay (yaponcha: 特別攻撃隊) — „maxsus hujumning zarbdor otryadlari“ yoki tokko: tay (yaponcha: 特攻隊) abbreviaturasi bilan atashgan. Oʻzlarini qurbon qiluvchi uchuvchilar boʻlinmasi simpu tokubetsu ko: geki tay (yaponcha: 神風特別攻撃隊) — „Ilohiy shamol“ maxsus hujum boʻlinmalari" deb atalgan. Ingliz tilida „kamikaze“ atamasi amerika armiyasida xizmat qilgan, yapon emigrantlaridan chiqqan tarjimonlar tufayli paydo boʻlgan. Tez orada ittifoqchilar qoʻshini „kamikaze“ soʻzini yaponlar tomonidan qoʻllanilgan har qanday oʻz-oʻzini qurbon qilish bilan bogʻliq hujumlarga nisbatan qoʻllay boshlagan.

Manbalar tahrir