Kamol Murodov (1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan) — o‘zbek dzyudochisi. 1996-2000-yillardagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, 2000-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 1998-yilda yozgi Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori.

Kamol Murodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 29-noyabr 1974-yil (1974-11-29) (49 yosh)
Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Kumush Osaka 2000 90kg gacha
Osiyo o‘yinlari
Bronza Bangkok 1998 90kg gacha

Tarjimai hol tahrir

Kamol Murodov 1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyatida dunyoga keladi.

U 1996-yili Atlantada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shiladi va 95 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etdi. Murodov 1/8 finalda lyuksemburglik Igor Myullerga 2 daqiqada taslim bo‘ladi[1] .

U 1998-yili Bangkokda bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida 90 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali sohibi bo‘ladi[2].

Kamol Murodov 2000-yili Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida u O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 90 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib, 1/8 finalda esa 3-daqiqada janubiy koreyalik Yu Son Yonuga mag‘lub bo‘ladi[3] .

Kamol o‘sha yili Osaka shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda janubiy koreyalik Yun Don Sikuga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritadi[4] .

U bir necha bor vakillik xalqaro turnirlarida g‘olib bo‘lgan: 1998-yilda Myunxendagi World Masters musobaqalarida, 1999-yilda Nyu-Yorkdagi New York Open turnirida, 2000-yilda Nabuldagi turnirda g‘olib chiqqan[4] .

Kamol Murodov Harbiylar bo‘yicha uch marotaba jahon chempionatida g‘olib bo‘ladi: 1997-yilda Dubrovnikda va 1998-yilda Sankt-Peterburgda bronza medallarini, 2000-yilda Den Xelderda kumush medalini qo‘lga kiritadi[4] .

Manbalar tahrir

  1. „Olympedia – Heavyweight (>95 kilograms), Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  2. „Olympedia – Kamol Muradov“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  3. „Olympedia – Middleweight (≤90 kilograms), Men“. www.olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 „JudoInside - Kamol Muradov Judoka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.