Kanar orollariAtlantika okeanidagi orollar guruhi, Afrikaning shim.-gʻarbiy sohilidan 100–120 km uzoqda. Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat. Mayd. 7,3 ming km2. Asosiy orollari: Gran-Kanariya, Tenerife. Fuerteventura, Lansarote. Maʼmuriy markazi — Las-Palmas. Relyefi togʻlik, eng baland joyi 3718 m (Tenerife o.dagi Teyde vulkani). Soʻngan va harakatdagi vulkanlar bor. Iklimi tropik, passat iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 300– 500 mm. Yon bagʻirlari doim yashil butazorlar, baʼzan oʻrmonlar bilan qoplangan. Endemik oʻsimlik turi (ajdar daraxti, kanar xurmosi va qaragʻayi) koʻp. Banan, kartoshka, sitrus mevalar, tamaki, uzum yetishtiriladi, donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. K.o. Atlantika okeanidagi muhim tranzit baza. Yirik shaharlari:Las Palmas va Santa Cruz de Tenerife. Teyde milliy parki tashkil etilgan. Dengizboʻyi iqlim kurortlari mavjud.[1]

Kanar orollari
Avtonom Jamoat
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
28°32′10″N 15°44′56″W / 28.53611°N 15.74889°W / 28.53611; -15.74889 G OKoordinatalari: 28°32′10″N 15°44′56″W / 28.53611°N 15.74889°W / 28.53611; -15.74889 G O
Mamlakat Ispaniya
Maydon 7,493 km2 (2,893 mi²)
Rasmiy til(lar)i Ispancha
Aholisi
 (2016)
2,101,924
Zichligi 280 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+0, yozda UTC+1
Kanar orollari xaritada
Kanar orollari
Kanar orollari

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil