Kapa, ch a y l a — ibtidoiy jamoa davridan qolgan boshpana boʻlib daraxt shoxi, qamish, joʻxori poyasi, mato, pichandan quriladigan mavsumiy (yozlik) turar joy, oʻtov. Tuzil i shi va ustiga yopiladigan toʻshamasi bilan bir xalq K.si ikkinchi xalqnikidan farq qilgan. Oʻrta Osiyoda K.lar konussimon yoki gumbazsimon shaklda, devorlari maxsus novdalardan toʻqilib, ustidan shox-shabba, oʻsimlik poyalari tashlangan. Eshik ogʻzi qamish yoki mato bilan yoki maxsus ishlangan guldor kigiz bilan yopilgan. Atrofi va usti qamish, bordon yoki chiy bilan berkitiladigan turi olachiq deb nomlangan, ayrim yerlarda somon suvoq ham qilinadi. Undan chorvadorlar, dehqonlar dala ishlari boshlangan vaqtda foydalanadilar. Uzumzor bogʻ, poliz ekinlari tepasidagi K.lar yerdan 2—3 m baland, toʻrt ustun tepasiga qurilgan. Iqlimi issiq mamlakatlar (mas, Okeaniya)da hali ham turar joyning asosiy turi sifatida saqlangan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil