Birinchi qasoskor: Qarshilik (inglizcha: Captain America: Civil War) 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film Birinchi qasoskor (2011) va Birinchi qasoskor: Qish askari (2014) filmlari davomi hamda Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 13-toʻliq hajmli filmdir. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.

Birinchi qasoskor: Qarshilik
Captain America: Civil War

Film posteri
Rejissyor(lar)
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Henry Jackman
Kinematografiya Trent Opaloch
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Davomiyligi 147 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti
  • $250 million
Daromadi $1.153 milliard[1]

Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Uchinchi fazasidagi ilk film oʻlaroq 6-maydan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $1.1 milliarddan oshiq mablagʻ yigʻdi. Ushbu koʻrsatkich bilan kartina 2016-yilda ishlangan filmlar orasida eng kassabop film, global miqyosda esa yigirma ikkinchi eng kassabop film boʻldi. Hozirda Birinchi qasoskorning toʻrtinchi qismi ishlab chiqish bosqichida boʻlib, bu film Disney+ orqali uzatilgan The Falcon and the Winter Soldier (2021) mini-serialining davomi boʻladi, unda Kapitan Amerika qahramonini Anthony Mackie (Sam Wilson sifatida) oʻynashi kutilmoqda.

Rollarda tahrir

Musiqasi tahrir

Filmdagi barcha musiqalar Henry Jackman tomonidan bastalangan.[2]

NomiDavomiyligi
1.„Siberian Overture“2:56
2.„Lagos“2:10
3.„Consequences“2:22
4.„Ancestral Call“2:37
5.„Zemo“3:09
6.„The Tunnel“3:51
7.„Celestial Bodies“1:44
8.„Boot Up“5:16
9.„A New Recruit“1:47
10.„Stepping Up“1:59
11.„Standoff“4:01
12.„Civil War“4:26
13.„Larger Than Life“3:40
14.„Catastrophe“2:36
15.„Revealed“5:38
16.„Making Amends“1:34
17.„Fracture“4:00
18.„Clash“3:54
19.„Closure“5:32
20.„Cap's Promise“3:46
21.„Adagio“ (Bonus track)2:18
Jami davomiyligi:69:09

Manbalar tahrir

  1. „Captain America: Civil War (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 4-sentabr 2016-yil.
  2. „ʻCaptain America: Civil War’ Soundtrack Details“. Film Music Reporter (24-aprel, 2016). Qaraldi: 1-may.

Havolalar tahrir