Karamanoğlu İshak Bey (turkcha: Karamanoğlu İshak Bey) — Karamanoğulları bekligida 1464-1466-yillar orasida 2 yil hukmdorlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2]. İshak Bey otasi [[İbrahim Bey vafot etganidan soʻng taxtga chiqdi[3]. U 2 yillik hukmdorligi davrida Usmonlilar imperiyasi tarafidan dastaklangan ukalari va Dulkadiroğulları bekligi bilan urushlar olib bordi. U aka-uka oʻlimiga yoʻl qoʻymaslik uchun 1466-yil iyun oyida Oq qoʻyunli hukmdori Uzun Hasan huzuriga chekindi va 1466-yil sentabrda oʻsha yerda vafot etdi.

Karamanoğlu İshak Bey
turkcha: Karamanoğlu İshak Bey'
Karamanoğulları beki
Saltanat 1464-1466
Oʻtmishdoshi Karamanoğlu İbrahim Bey II
Davomchisi Sultanzâde Pîr Ahmed Bey
Tugʻilishi ?
Vafoti 1466-yil
Farzandlari Çavuş İbrahim Paşa
Uy Karamanoğulları
Otasi Karamanoğlu İbrahim Bey II
Dini Sunni Islom

Dastlabki yillar tahrir

Mashhur sayyoh Broquiere 1432-yilda Koʻniyada, İshak Beyning otasi İbrahim Beyni ziyorat qilib, Ishoq beyning onasi haqida shunday yozib qoldirgan:

Ibrahim Bey Usmonli sultoni Murod IIning qizi bilan turmush qurgan boʻlishiga qaramay, sultondan juda nafratlanadi. Ammo Koʻniyada eshitishim boʻyicha, Ibrahim Bey honimlaridan birini oʻldirgan boʻlib, u İshak Beyning onasidir. Ammo İshak Beyning bundan xabari yoʻq[4]

Mashhur tarixchi Nesri Ibrahim Beyning oʻgʻillari haqida shunday deb yozgan:

Bu oʻgʻillarning hammasi Sulton Murod ibn Boyazid Yildirimning qizi Sultan Hatundan edi. Ammo İshak Bey, boshqa honimidan edi. Ibrahim Beyning himmati İshak Beyga edi. Zero, İshak Beydan boshqa oʻgʻillarida usmonli qoni borligi sababli yaxshi koʻrmas edi[5]

Hayoti tahrir

Karamanoğlu İbrahim Bey II hayotining soʻngi davrlarida beklik hududini oʻgʻillari orasida taqsimlab, ajratib berdi. Ammo bu taqsimotdan mamnun boʻlmagan oʻgʻillar otasi Karamanoğlu İbrahim Bey II va akasi İshak Beyga isyon ettilar. Qiyin ahvolda qolgan Ibrahim Bey va Ishoq İshak Beylar xazinani olib Gevale qal’asiga chekindilar. Allaqachon kasal va qari boʻlib qolgan, Ibrahim Bey bir muncha vaqt oʻtgach, 1464-yilda vafot etdi.

Otalarining janozasi vaqtida ham isyonni toʻxtatmagan ukalariga qarshi tura olmagan Ishak Bey, Gevale qal’asidan Silifkega ketdi. Ibrahim Bey oʻlimidan keyin, Karaman taxtida bir kishining beklik qilishi tugadi va davlat boʻlaklarga boʻlinib ketdi. Usmonlilar aka-uka oʻrtasida ixtilof keltirib, ichki kurashlarni boshlaganligi sababli, Karaman bekligi hokimiyatining tugashi nuqtasiga keldi. Ibrahim Bey vafotidan soʻng, Dulkadiroğulları beki Melik Arslan beklikka bostirib keldi. Bu sabab Ishak Bey Oq qoʻyunli hukmdori Uzun Hasan bilan ittifoq tuzdi. Shimoldan va sharqdan Uzun Hasan, janub va gʻarbdan Ishak bey Melik Aslanni Karamandan quvib chiqish hujumini boshladilar, Ishah Bey bilan Uzun Hasan Dulkadiroğulları beki Melik Aslanni magʻlub etdi.

Mehmed II Fotih Karaman bekligiga qarashli boʻlgan Akşehir ve Beyşehirni Usmonlilar mulki ekanligini iddao etdi va Çarşamba suvini chegara hisoblab, „uyogʻi senga, buyogʻi bizga“ degandi. Agar ushbu ikki hudud berilmasa, Ishak Beyning usmonli naslidan boʻlgan ukasi Pir Ahmedni katta qoʻshin bilan yuborishini aytib, tahdid qildi. Ishak Bey Koʻniyani ham Usmonlilarga beradigan bu taklifni rad etdi. Elchi bu javobni Mehmed II Fotihga yetkazganidan soʻng, Fotih Pir Ahmedning yoniga Antalya sanjoqbeyi Köse Hamza, Karahisar sanjoqbeyi va boshqa qoʻmondonlarni berdi va Karaman tarafga yurish boshlandi. 1466-yil mayda Pir Ahmed va Ishak Bey qoʻshinlari Ermenekda qarshi-qarshiga keldi. Biroq ikki aka-uka oʻzaro urushishiga majbur qilgan dushmanlari ekanini tushungan Ishak Bey qarshilik koʻrsatmay, xotini va oʻgʻli Çavuş İbrahimni Silifke qal’asida ukasi Pir Ahmedga ishonib topshirib, 1466-yil iyun oyida Uzun Hasan huzuriga ketdi.

Vafoti tahrir

Sultanzâde Pîr Ahmed Bey İçel vea Silifkedan tashqari butun Karaman hududini oʻz hokimiyati ostiga oldi. Manbalarga koʻra, Ishak Bey Uzun Hasanning yoniga borganida, 1466-yil sentabrda vafot etgan[6][7][8].

Manbalar tahrir

  1. TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28,  sayfa: 445
  2. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
  3. Alaaddin, Aköz (2005). „Karamanoğlu II. İbrahim Beyin Osmanlı Sultanı II. Murad'a Vermiş Olduğu Ahidnâme“ (PDF). Ankara Üniversitesi Dil ve Tarih-Coğrafya Fakültesi Tarih Bölümü Tarih Araştırmaları Dergisi. 71–92-bet. 2014-yil 19-noyabrda asl nusxadan (PDF) arxivlandi. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjuds: |cilt= va |ölüurl= (yordam); Unknown parameter |arşivtarihi= ignored (|archive-date= suggested) (yordam); Unknown parameter |sayı= ignored (|issue= suggested) (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |archivedate= (yordam)
  4. Bertrandon De La Broquiere’in Denizaşırı Seyahatı, (trc. İlhan Arda), İstanbul 2000, s. 188, 19
  5. Neşri, Kitâb-ı Cihannüma, nşr. ER.Unat-M. A. Köymen, TTK, Ankara 1995, s. 685.
  6. "Aşıkpaşazade, Tevârih-i Al-i Osman 2003"
  7. "Neşri, Kitâb-ı Cihannüma 1995"
  8. Abdurrahman Sehavi, Vecizü'l-Kelâm Fi'z-Zeyl Ala Düveli'l-İslâm, nşr.G. F. Herestani, B. A. Ma'ruf, Müessesetü'r-Risale, Beyrut 1995, s. 779
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
İbrahim Bey
Karamanoğulları beki
1464-1466
Vorisi:
Pir Ahmed