Karbidlar (lot. carbo — koʻmir) — uglevodorodning, asosan, metallar va baʼzi metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari. Kimyoviy bogʻi turiga koʻra, Karbidlar. 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: ion (yoki tuzsimon), kovalent va metallsimon Karbidlar.

Ion K. tarkibida metall kationlari va uglerod anionlari boʻladi. Ion K.ga atsetilenidlar (atsetilen C2H2 dagi vodorod oʻrnini metall atomlari egallashidan xosil boʻlgan mahsulotlar) va metanidlar (metan CH4 dagi vodorod oʻrnida metall atomlari boʻlgan mahsulotlar) kiradi. Ishqoriy metallar karbidlari (Li2C2, Na2C2 va b.), ishqoriy-yer metallar karbidlari (SaS2, VaS2, MgC2 va b.), siyrak-yer metallarning yuqori karbidlari (YC2, LaC2 va b.), aktinoidlar karbidlari (ThC2 va h.k.) atsetilenidlardir. Kalsiy karbidga oʻxshagan atsetilenidlar suv yoki suyultirilgan kislotalarda parchalanib, atsetilen (yoki atsetilenning boshqa uglevodorodlar, baʼzan vodorod bilan aralashmasi)ni ajratib chiqaradi. Oson gidrolizlanib, metan ajratib chikaradigan berilliy karbid BeC, alyuminiy karbid Al4C, metanidlarga mansub.

Kovalent K.ga kremniy karbid SiC va bor karbid B4C (toʻgʻrirogʻi B2C3) misol boʻla oladi. Bularda atomlararo bogʻ juda mustahkam. Kovalent K. nihoyatda qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy jihatdan inert moddalar — yarimoʻtkazgichlar hisoblanadi.

Metallsimon K.ga qiyin eriydigan metallar K. i kiradi. Bu K. elektrni yaxshi oʻtkazgani uchun "metallsimon" deb atalgan. Ularning qattiqligi juda yuqori, ishqalanishga yaxshi chidaydi. Titan karbid TiC, pyx karbid ZnC, niobiy karbid NbC, gafniy karbid HfC va tantal karbid TaS larning bir-biri bilan hosil qilgan qotishmalari muhim. Masalan, 25% HfC va 75% TaS dan iborat qotishmaning suyuqlanish temperaturasi juda yuqori (4000° ga yaqin). Metallsimon K. ishqorlar taʼsiriga chidamsiz, lekin kislotalar taʼsiriga juda chidamli. Metall va koʻmir kukunini inert gaz yoki qaytaruvchi muhitda qizdirib, shuningdek, metallni 1500—2000° da suyuqlantirib (ayni vaqtda karbidlab) K. olish usullari koʻproq qoʻllaniladi. K. elektr pechlar uchun isitkichlar tayyorlashda, qattiq metall keramik qotishmalar, issiqqa va olovga bardoshli qotishmalar, abraziv materiallar olishda, uzatma quvurlar, reaktorlar i.ch.da kaytaruvchi va katalizator sifatida, shuningdek, elektronikada koʻp ishlatiladi.

Adabiyot tahrir

  • Visokotemperaturnie karbidi, pod red. G.V. Samsonova, Kiyev, 1975, Svoystva, polucheniye i primeneniye tugoplavkix soyedineniy. Spravochnik pod red. T.Ya. Kosolapovoy, M., 1986.

Nusrat Rahmonbekov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil