Karen Uhlenbeck

amerikalik matematik

Karen Uhlenbeck (talaffuzi: Karen Ulenbek) (1942-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik. 2019-yilda Uhlenbeck Abel mukofoti bilan taqdirlangan ilk ayol matematik boʻldi[1][2][3]. Olima zamonaviy geometrik analizning asoschilaridan biri hisoblanadi[4] .

Karen Uhlenbeck
Tavalludi 24-avgust 1942-yil (1942-08-24) (81 yosh)
Cleveland, Ohio, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Perspektiv tadqiqotlar instituti
Texas universiteti, Austin
Chicago universiteti
Illinois universiteti, Chicago
Illinois universiteti, Urbana-Champaign
Akademik rahbarlari Richard Palais
Mashhur ishlari Oʻzgarishlar matematikasi
Geometrik analiz
Minimal saths
Yang–Mills nazariyasi
Mukofotlari MacArthur stependiyasi
Milliy ilmiy medali (2000)
Steele mukofoti (2007)
Abel mukofoti (2019)

Uhlenbeck 1964-yil Michigan universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1965-yil New York universitetidagi Courant matematik fanlar institutida magistratura boshlagan va biofizik Olke C. Uhlenbeckka (fizik George Uhlenbeckning oʻgʻli) turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi Harvardga borganida u bilan birga borgan va Brandeis universitetida qayta oʻqishni boshlagan. 1966-yil ushbu universitetdan magistr va 1968-yili Richard Palais rahbarligida PhD darajasini olgan.

Ayni damda Uhlenbec Austindagi Texas universiteti faxriy professori. Shuningdek, Perspektiv tadqiqotlar institutida faxriy „mehmon“ professor. 1986-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi. 2000-yil AQSh Milliy fan medali bilan, 2007-yil Steel mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. „2019: Karen Keskulla Uhlenbeck“. The Abel Prize. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  2. Meilan Solly (20 March 2019). „Karen Uhlenbeck Is the First Woman to Win Math's Top Prize“. Smithsonian Magazine. Qaraldi: 8 April 2019.
  3. Chang, Kenneth. „Karen Uhlenbeck Is First Woman to Receive Abel Prize in Mathematics – Dr. Uhlenbeck helped pioneer geometric analysis, developing techniques now commonly used by many mathematicians.“. The New York Times (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
  4. Bill Chappell. „U.S. Mathematician Becomes First Woman To Win Abel Prize, 'Math's Nobel'“. NPR (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2019-yil 8-aprel.

Havolalar tahrir