Karmakdoshlar (Plumboginaceae)— ikki urugʻpallalilar (magnoliyasimonlar) sinfiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. 12 turkumi, 600 dan ziyod turi bor. Oʻzbekistonda 7 turkumi, 31 turi oʻsadi. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, qizil, oq, toʻq havo rang , sariq, boshoqsimon yoki roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi, Gulkosachasi pardasimon, oq va och binafsha rang . Tojbargi 5 ta, pastki qismi qoʻshilgan, changchisi 5 ta. Mevasi bir urugʻli yongʻoqcha. Bargi oddiy, baʼzan patsimon qirqilgan, cheti tekis, ketma-ket joylashgan. K., asosan, choʻllarda, shoʻrxok va sernam yerlarda, ekinlar orasida oʻsadi. K.dan mahalliy xalq qadimda boʻyoq olishda foydalangan, oshlovchi modda ham olinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil