Papulias Karolos (1929.6.4, Gretsiyaning Yanina shahri - 2021 yil 26 dekabr) — Gretsiya davlat arbobi. Yuridik fanlari d-ri. Afina, Milan va Kyoln universitetlarida oʻqigan. Milliy ozodlik harakati qatnashchisi (1941—44). 1974-yildan "Umumgrek sotsialistik harakati" aʼzosi (1975—85 yillarda harakatning xalqaro aloqalar boʻyicha qoʻmitasi kotibi), 1981-yildan Gretsiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, 1985—89 va 1993—96 yillarda Tashqi ishlar vaziri, 1989—90 yillarda Gretsiya milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi. 2005-yil 8-fevraldan Gretsiya Respublikasi prezidenti[1].

Manbalar tahrir