Karvonsaroy — karvonlar toʻxtab, tunab oʻtadigan rabot, saroy. Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Zakavkazye shaharlari savdo yoʻlida barpo etilgan. Karvonsaroylar, odatda, oʻrtada katta hovli, atrofi bir-ikki qavatli hujralar bilan oʻralgan, minorali qalʼaband istehkom shaklida boʻlib, savdo manzillarida va shahardagi bozorlar (tim va toqlar) qatoriga qurilgan. IX—XVIII asrlarda shaharlarning oʻsishi va karvon savdosining kuchayishi natijasida karvonsaroylar koʻplab bunyod etilgan. Arab sayyohlari Istahriy va ibn Xavqallarning maʼlumotiga koʻra, X asrda savdo markazi hisoblangan Movarounnahrda 10 mingdan ortiq karvonsaroylar boʻlgan (Raboti Malik, Doya xotin karvonsaroyi, Ollaqulixon karvonsaroyi). Temir yoʻl va boshqa zamonaviy transport rivojlanishi natijasida karvonsaroylar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil