Kashta (forscha:  – chizilgan, tortilgan) – amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib tushirilgan gul, tasvir, naqsh. Kashta qoʻlda (igna, ilmoqli igna, shgaokli bigiz bilan) yoki mashinada, asosan, mato (boʻz, chit, satin, shoyi, baxmal, movut va boshqalar) va charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabduklari va boshqalar)ga tikiladi. Kashta mujassamotida oʻsimliksimon naqshlar, handasiy shakllar, fazoviy jismlar, meva va hayvonlarning uslublashtirilgan tasvirlari, baytlar, hamda kishilarning qiyofalari, meʼmoriy obidalarning ifodalari ham tasvirlanadi.

Kashta tikish turli usullarda matoga avvaldan axta (andaza) yordamida tushirilgan gul, tasvir, naqsh asosida, baʼzan matodan iplari sugʻurilib tayyorlangan asosda sanama usulida bajariladi. Bunda jun, ip, ipak (rangli), zigʻir tolali tabiiy va sunʼiy (sintetik) tolalardan, metall (tilla, kumush)dan tayyorlangan iplardan foydalaniladi, shuningdek, dur, nozik, piston, baʼzan qimmatbaho tosh va tangalar keng ishlatiladi. Mato, moʻyna, charmlardan applikatsiya (quroq) tikishda kashtadan foydalaniladi.

Kashta buyumlar (palak, soʻzana, choyshab, gulkoʻrpa, kirpech, dorpech, zardevor va b.), kiyimlar (koʻylak, doʻppi, nimcha, peshonaband, kamar va boshqalar), musta-qil bezak namoyonlarda keng ishlatiladi (yana q. Kashtadoʻzlik, Zardoʻzlik).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil