Katorga (soʻnggi yun. katergon — galera — eshkakli harbiy kema) — mahbuslarni ogir jismoniy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazo turlaridan biri. Oʻrta ayerlarda vujudga kelgan. Rossiyada 18-asr boshida paydo boʻlgan. K.ga hukm qilinganlar mehnatidan qalʼalar qurishda, flotda, konchilik (Nerchinsk K.si)da foydalanishgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshida markaziy K. turmalari tizimi koʻrinishida mavjud boʻlgan (1917-yil Rossiyadagi fevral inqilobidan soʻng bekor qilingan).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil