Kavendish tajribasi - Yerning gravitatsion tortishish doimiysi uni aniqlash tajribasi. Bu tajribani 1798-yilda birinchi boʻlib G. Kavendish oʻtkazgan. K. t.da massalari aniq oʻlchangan, bir-biriga teng, gorizontal sterjenga mahkamlangan va kvars ipga osilgan qoʻrgʻoshin sharchalardan iborat qurilmadan foydalanilgan. Har birining massasi M boʻlgan ikkita qoʻrgʻoshin sharcha t massali sharchalar yaqiniga keltiriladi. K. t.da t = 730 g = 0,73 kg; M = 158 kg . M va t orasidagi gravitatsion tortishish sterjenni aylanishga majbur qiladi va kvars ip buraladi. Ipning buralish momentidan tortishish kuchi va t bilan M massalar orasidagi masofa aniq oʻlchab olinadi. Natijada u formuladan Yerning gravitatsion doimiysi topiladi. K. t. bir necha marta qaytarilib, u = 6,685-10-" sm3/gx2 ekanligi maʼlum boʻldi. Bu tajribaga asoslanib Yer va d" 2. b. sayyoralar massasi aniqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil