Kavkaz togʻlari[1] — Yevropa va Osiyoning kesishgan nuqtasida joylashgan togʻ tizmasi. Ushbu togʻ tizmasi Qora dengiz va Kaspiy dengizining oʻrtasida joylashgan boʻlib, Kavkaz mintaqasi bilan oʻralgan.

Kavkaz togʻlari

Kavkaz togʻlari ikkita togʻ tizimiga boʻlingan: Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz. Kavkaz koʻpincha Shimoliy Kavkaz va Kavkazortiga boʻlinadi, ular orasidagi chegara Asosiy yoki Vodorazdelniy togʻ tizmasida markaziy oʻrinni egallagan Buyuk Kavkaz tizmasi boʻylab chizilgan.

Buyuk Kavkaz, Anapa mintaqasi va Qora dengizning Taman yarim orolidan to Boku yaqinida joylashgan Kaspiy sohilidagi Absheron yarim oroliga qadar (shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa) 1 100 km dan oshiq choʻzilgan. Katta Kavkaz Elbrus meridiani mintaqasida (deyarli 180 km) eng yuqori kenglikka yetadi. Eksenel qismida Bosh Kavkaz (yoki Vodorazdelniy) tizmasi joylashgan boʻlib, shimolda bir qator parallel tizmalar (togʻ tizmalari) mavjud. Buyuk Kavkazning janubiy qiyaligining aksariyat qismi Buyuk Kavkaz tizmasiga tutashgan enchelon tizmalaridan tashkil topgan. Anʼanaga koʻra, Buyuk Kavkaz 3 qismga boʻlinadi: Gʻarbiy Kavkaz (Qora dengizdan Elbrusgacha), Markaziy Kavkaz (Elbrusdan Kazbekgacha) va Sharqiy Kavkaz (Kazbekdan Kaspiy dengizigacha).

Eng mashhur choʻqqilar (masalan, Elbrus (5 642 m) yoki Kazbek (5 033 m)) abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan.[2] Muzliklarning umumiy soni 2 050 ga yaqin boʻlib, ularning umumiy maydoni 1400 km² ga teng. Buyuk Kavkaz muzliklarining yarmidan oshigʻi Markaziy Kavkazda toʻplangan (bu muzliklar sonining 50 % ini hamda umumiy maydonining 70 % ini tashkil etadi). Muzliklarning yirik markazlari Elbrus togʻi va Bezengi devori hisoblanadi.

Katta Kavkazning shimoliy etagidan to Kuma-Manich botigʻigacha Kiskavkaziya keng tekisliklar va balandliklar bilan choʻzilgan hisobalanadi. Buyuk Kavkazdan janubda Kolxida, Kura-Araks pasttekisliklari va Kura botigʻi joylashgan boʻlib, ular ichida esa Alazan-Avtoran vodiysi va Kura-Araks pasttekisligi joylashgan. Kavkazning janubi-sharqiy qismida — Talish togʻlari (balandligi 2 492 m) Lankaran pasttekisligi bilan yonma-yon joylashgan. Kavkazning janubi-gʻarbida Kichik Kavkaz tizmalaridan (eng baland joyi Aragats togʻi, balandigi — 4 090 m) hamda Armaniston togʻlaridan iborat boʻlgan Kavkazorti togʻlari joylashgan. Kichik Kavkaz Buyuk Kavkaz bilan Lixskiy tizmasi orqali bogʻlangan, gʻarbda undan Kolxida pasttekisligi, sharqda Kura botigʻi ajratilgan. Uzunligi taxminan 600 km, balandligi esa 4090 m hisoblanadi.

Elburs togʻlari

Gallereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Mt. Elbrus“. NASA Earth Observatory (7-iyul 2003-yil). 15-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2015-yil.

Adabiyotlar tahrir

  • Small Nations and Great Powers: A Study of Ethnopolitical Conflict in the Caucasus, By Svante E. Cornell, Routledge.