Ser Kazuo Ishiguro (inglizcha: Kazuo Ishiguro, yaponcha: 石黒 一雄 ; tugʻil. 1954-yil 8-noyabr, Nagasaki, Yaponiya) asli yaponiyalik ingliz yozuvchisi, adabiyot boʻyicha 2017-yilgi Nobel mukofoti sovrindori .

Kazuo Ishiguro
Tavalludi 8-noyabr 1954-yil (1954-11-08) (69 yosh)
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1] va Yapon tili
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2017)

Tarjimayi holi tahrir

1954-yil 8-noyabrda Nagasaki shahrida (Yaponiya) okeanograf Shizuo Ishiguro va uning rafiqasi Shizuko oilasida tugʻilgan. 1960-yilda Ishiguro oilasi (shu jumladan 5 yoshli Kazuo va uning ikki singlisi) Britaniyada Surrey grafligining maʼmuriy markazi boʻlgan Guildford shahriga koʻchib oʻtadi. Koʻchishga sabab Kazuoning otasi Milliy okeanografiya institutida tadqiqot oʻtkazish uchun olgan taklifi edi. Kazuo Stuftondagi birinchi sinf maktabiga oʻqishga kirdi va keyin Surrey Grammatika maktabida oʻqishni davom ettirdi[2] . Oʻrta maktabni tugatgach, bir yillik taʼtil oldi va AQSh va Kanada boʻylab sayohat qildi. U musiqachi boʻlishni orzu qilardi, klublarda oʻynadi, prodyuserlarga demolar yubordi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi.

1974-yilda Kazuo Kent universitetiga oʻqishga kirdi va 1978-yilda ingliz va falsafa boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Londonda ijtimoiy ishchi sifatida ishladi. 1980-yilda Sharqiy Angliya universitetida sanʼat magistri darajasini oldi. Sharqiy Angliya universiteti seminarlarini Malkolm Bredberi olib borardi va Ishiguroga mashhur yozuvchi Anjela Karter ustozlik qildi. 1983-yilda Ishiguro Britaniya fuqaroligini oldi[3] .

Ishiguro amerikalik jazz xonandasi Steysi Kentning 2007-yilgi "Tonggi tramvayda nonushta"[4] va 2013-yilgi "Oʻzgaruvchan chiroqlar " albomlariga kirgan bir nechta qoʻshiq soʻzlariga hammualliflik qilgan[4]. Ishiguro oʻzining qoʻshiqlar uchun yozgan matnlari haqida „… samimiy, gizli, juda shaxsiy, ularning maʼnosi aniq koʻzga tashlanmasligi lozim. Satrlar aro maʼnosi kashf etiladigan mavhum soʻzlar yigʻindisi boʻlishi kerak“[5] .

Ishiguro 1986-yildan beri Lorna Makdugal bilan oilaviy hayot kechiradi[6] . Ular Notting Xilldagi[7] uysizlar boshpanasida ijtimoiy ishchi boʻlib ishlayotganda tanishishgan. Ishiguro rafiqasi va qizi Naomi bilan Londonda yashaydi.

Adabiyotdagi karyerasi tahrir

Kazuo Ishiguroning adabiy faoliyati 1981-yilda " Kirish 7: Yangi yozuvchilarning hikoyalari " antologiyasida uchta hikoyaning nashr etilishi bilan boshlangan. 1983-yilda, birinchi romani nashr etilganidan koʻp oʻtmay, u „Eng yaxshi yosh britaniyalik yozuvchilar“dan biri sifatida grantga sazovor boʻldi. 1993-yilda adabiyotdagi yutuqlari uchun xuddi shunday grantga ega boʻldi.

Birinchi roman, „Tumandagi tepaliklar“(1982) Angliyada yashovchi yapon beva ayoli Etsuko taqdiridan hikoya qiladi. Qizi oʻz joniga qasd qilgan ayolni vayron qilingan Nagasaki va uning qayta tiklanishi haqidagi xotiralar taʼqib qiladi. Ikkinchi romani — „Beqaror dunyo rassomi“ ogʻir harbiy oʻtmishga ega rassom Matsui Ohnoning taqdiri orqali yaponlarning Ikkinchi Jahon urushiga munosabatini oʻrganadi. Bu roman Buyuk Britaniyada yil kitobiga aylandi.

Ishiguroning uchinchi romani „Kun qoldigʻi“ (1989) keksa ingliz zodogoni haqida boʻlib, roman Buker mukofoti bilan taqdirlangan. Buker qoʻmitasi aʼzolari bir ovozdan romanni yoqlab ovoz berishdi, aytish kerakki, bu hol mukofot tarixida kamdan-kam uchraydi. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, yapon yozuvchisi „XX asrning eng yaxshi ingliz romanlaridan birini“ yozgan. Uni Jozef Konrad va Vladimir Nabokov bilan taqqoslashadi, ular ham ona tilida emas, oʻzga tildagi klassikani yaratishga muvaffaq boʻlgan. The Remains of the Day filmi Entoni Xopkins va Emma Tompson ishtirokidagi juda muvaffaqiyatli filmga aylandi. Film Rossiyada „Kun oxirida“ nomi bilan prokatga chiqqan.

1995-yilda Ishiguroning uslubiy jihatdan eng murakkab romani — „Taskinsizlar“ nashr etildi. Unda koʻplab adabiy va musiqiy asarlarga ishora qilinadi. Ushbu romandagi voqealar nomaʼlum Markaziy Yevropa mamlakatlaridan birida ayni davrimizda sodir boʻladi, shunisi bilan asar Ishiguroning oʻtmish xotiralari bilan toʻldirilgan oldingi asarlaridan farq qiladi. „ Yetimlikda“ (2000) romani XX asrning birinchi yarmida Shanxaydagi voqelikni tasvirlaydi. Bu yigirma yil muqaddam ota-onasining sirli tarzda g‘oyib bo‘lishini oʻrganayotgan xususiy detektiv haqidagi roman. Bu yerda Ishiguro oʻzining sevimli usuli — oʻtmish voqealarini bayon qilish usuliga qaytadi.

Ishiguro televizor uchun ikkita original film muallifi. Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi. Uning asarlari dunyoning oʻttizdan ortiq tillariga, jumladan rus tiliga ham tarjima qilingan („Kun qoldigʻi“, „Beqaror dunyo rassomi“, „Taskinsizlar“, „Yetimlikda“, „Meni qoʻyib yuborma“, „Tumandagi tepaliklar“, „Dafn qilingan bahodir“, „Klara va Quyosh“).

Uning „ Meni qo‘yib yuborma“ (2005) romani " Time " jurnali tomonidan barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi ingliz tilidagi romanlaridan biri deb topilgan.

Mukofotlar va faxriy unvonlar tahrir

Nasriy asarlari tahrir

  • 1981-yil — Kirish 7: Yangi yozuvchilarning hikoyalari (ishtirokchilardan biri) (inglizcha: Introduction 7: Stories by New Writers hikoyalari): Gʻalati va baʼzan qaygʻu, Jni kutish va zaharlanish hikoyalari
  • 1982-yil — „Tumandagi tepaliklar“ (inglizcha: A Pale View of Hills)
  • 1986-yil — „Beqaror dunyo rassomi“ (inglizcha: An Artist of the Floating World(Suzib yuruvchi dunyo rassomi)
  • 1989-yil — „Kun qoldigʻi“ (inglizcha: The Remains of the Day)
  • 1990-yil — „Oilaviy kechki ovqat“ (inglizcha: A Family Supper, Esquire jurnalida chop etilgan qisqa hikoya)
  • 1995-yil — "Taskinsizlar (inglizcha: The Unconsoled)
  • 2000-yil — "Yetimlikda (inglizcha: When We Were Orphans)
  • 2005-yil — „Meni qoʻyib yuborma“ (inglizcha: Never Let Me Go)
  • 2009-yil — „Noktyurn: musiqa va shom haqida besh hikoya“ (inglizcha: Nocturnes: Five Stories of Music and Nightfall)
  • 2015-yil — „Dafn etilgan bahodir“ (inglizcha: The Buried Giant)
  • 2021-yil — „Klara va Quyosh“ (inglizcha: Klara and the Sun)

Rus tilidagi nashrlar tahrir

Eslatmalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. Barry Lewis (2000). Kazuo Ishiguro. Manchester University Press
  3. Author’s bio Granta 43 (1993). p 91
  4. 4,0 4,1 „www.bookbrowse.com“. 2013-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-aprel.
  5. Kate Kellaway (March 15, 2015). „Kazuo Ishiguro: I used to see myself as a musician. But really, I’m one of those people with corduroy jackets and elbow patches“. The Guardian. Retrieved April 22, 2015.
  6. „Profile: Kazuo Ishiguro | Books | The Guardian“. 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-oktyabr.
  7. Wroe, Nicholas. „Living Memories“. The Times (2005-yil 19-fevral). 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-fevral.
  8. [„Официальный сайт Королевского литературного общества(ingl.). 2017-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr. Ofitsialniy sayt Korolevskogo literaturnogo obщestva(ingl.)]
  9. „An Artist of the Floating World by Kazuo Ishiguro“. Премия Коста. 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.
  10. „The Remains of the Day by Kazuo Ishiguro“. Букеровская премия. 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.
  11. „Current RSL Fellows“. Королевское литературное общество. 2019-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.
  12. „Supplement 54066, page 12“. The London Gazette (16 июня 1995). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.
  13. „Kazuo Ishiguro“. Британский совет. 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.
  14. „Kazuo Ishiguro“. Университетский колледж Лондона. 2016-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.
  15. „The Nobel Prize in Literature 2017“. Нобелевский комитет. 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 октября 2017.

Havolalar tahrir