Kelly Brianne Clarkson (talaffuzi: Kelli Brienn Klarkson; 1982-yil 24-aprelda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. Clarkson 2002-yilda American Idol teleshousida ishtirok etib mashhurlikka erishdi. Dastlab, Thankful nomli birinchi albomining chiqishidan soʻng tanqidchilar Clarksonni pop-qoʻshiqchi deb hisoblashar edilar. Bir necha platinum mukofoti olgan ikkinchi Breakaway albomi chiqqanidan soʻng Clarkson rock-musiqa tomon moʻljal ola boshladi. Clarkson 40 million singl va 25 million albom sotib, eng muvaffaqiyatli musiqachilar qatoridan joy olgan.[1]

Kelly Clarkson

Kelly Clarkson Women's World Award taqdimotida. Vena, Avstriya, 2009.
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Kelly Brianne Clarkson
24-aprel 1982-yil (1982-04-24) (41 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Brandon Blackstock
Janr Pop
rok
Amplua vokal
Faoliyat yillari 2002 – hozirgacha
Veb-sayt KellyClarkson.com

Tarjimai holi tahrir

Kelly Texas shtatining Fort Worth shahrida tavallud topdi va Burleson kichik shaharchasida, u ham Texasda, oʻsdi. U yunon va irland ildizli oʻqituvchi Jeanne Rose va kelib chiqishi valliyalik sobiq muhandis Stephen Michael Clarksonning uchinchi va eng kenja farzandidir. Kellyning akasi James va opasi Alyssa bor. Kelly olti yoshligi paytida uning ota-onasi oʻn yetti yil turmushdan soʻng ajraladilar. Akasi otasi bilan birga ketadi, opasi xolasinikida turadi, Kelly esa onasi bilan qoladi. Ular doimo joydan-joyga Texas boʻylab koʻchadilar, onasi oilani boqish uchun har xil ishlarda ishlaydi. Olti yoshli bola boʻlib, Kelly nega oilasi koʻchib yurishini tushunmasdi. Oxir-oqibat oila Burlesonda qoladi, u yerda Kellyning onasi ikkinchi marta Jimmy Taylor ismli insonga turmushga chiqadi.

Clarkson Pauline Hughes (Pauline Hughes Middle School) oʻrta maktabida oʻqiydi. Dastlab, u dengiz biologi boʻlishni xohlaydi, ammo Jaws filmini koʻrib, fikrini oʻzgartiradi.[2] Ustiga-ustak bir kuni oʻqituvchisi uning koridordagi qoʻshiq aytishini eshitib qolib, maktab xoriga borib koʻrishni maslahat beradi. Kelly oʻqituvchisiga avvallari hech ham professional vokal oʻrganmaganligini aytadi. Oʻrta maktabni tamomlab, u Burleson oliy maktabiga (Burleson high School) oʻqishga kiradi va Brigadoon kabi myuzikllarda oʻynashni boshlaydi.

2000-yili oliy maktabni tamomlaganidan soʻng Kelly ovoz yozish studiyalariga yubormoqchi boʻlgan demo-yozuvni mablagʻini qoplash uchun bir necha ishda ishlay boshlaydi. U bir necha javob oladi va oxir-oqibat Hollivudga koʻchib oʻtib, sahnaga chiqishning boshqa yoʻllarni izlaydi, ulardan biri qoʻshiqlar muallifi Derry Goffinning homiyligi boʻladi. Ammo Goffin betoblanib oʻlim toʻshagida yotib qoladi. Clarkson Sabrina, the Teenage Witch („Sabrina — yosh yalmogʻiz“) va That 80’s Show („80-larning shousi“) teleseriallarida, 2001-yilda chiqqan Issues 101 filmida epizodik rolni ijro etadi. Gollivuddagi olti oydan soʻng, uning xonadoni yonib kul boʻlganidan keyin, Kelly vatani Texasga qaytadi. U yerda teatrda oʻynaydi, barmen boʻlib ishlaydi, Six Flags luna-parkida qoʻshiq aytadi va Red Bull ichimligini reklama qiladi.

Karyera tahrir

 
Kelly Clarkson Barack Obamaning ikkinchi marta inaguratsiya qilinishi paytida.

Qoʻshiqchining musiqiy karyerasi 2002-yilda, Kelly Clarkson amerikalik talantlarning eng bosh teleshousi — American Idolda gʻalaba qozonishidan boshlandi. Uning birinchi singli — „A Moment Like This“ tez orada AQShda juda katta ommaviylikni tusga oladi va xuddi shunday tezlikda uni yoʻqotadi. Tarona American Top 40ning 4-oʻrnigacha chiqadi va keyin pastga tushishni boshlaydi.

Kelly Clarkson yoʻqolib qolib, abadiy bir hitning artisti boʻlib qolishi mumkin edi, koʻpchilik pop-yulduzlarni tayyorlash teleshoularining bitiruvchilari kabi. Shunday boʻlardi ham, agar Kelly Rhett Lawrence va Clif Magness produserlarini uchratmaganida. Ular, shuningdek Christina Aguilera ishtirokida Kelli „Miss Independent“ nomli taronani yozadi. Bu ashula AQShda, keyinchalik esa Yevropada ham katta hit boʻladi. Qoʻshiq American Top 40ning birinchi pogʻonasida uch hafta turadi va 2003-yilning xulosaviy chartida 9-oʻrinni egallaydi. Shu produserlar bilan yozilgan Thankful debut albomi AQShda 2003-yil 15-aprelda chiqadi va darrov Billboard Top 200ning birinchi oʻrniga chiqadi. 2003-yil 8-dekabrda albom AQShda ikki karra platinaviy, 2004-yil 10-fevralda esa Kanadada platinaviylik unvoniga sazovor boʻladi.

Shuningdek, shu albomdan „Low“ va „The Trouble with Love Is“ singllari jarang sochadi, ammo ular „Miss Independent“dan kamroq shuhratga erishishadi. 2004-yil fevralda Kelly bu ashula uchun „Grammy“ga „Eng yaxshi ayol pop-ijrosi“ nominatsiyasiga chiqariladi. Soʻng qoʻshiqchi toʻsatdan sahnadan yoʻq boʻlib qoladi. Lekin uzoq muddatga emas. Butun 2004-yil u yangi albomni yozish bilan mashgʻul edi.

2005-yil qoʻshiqchi uchun fenomenal boʻladi. Uning Breakaway nomli, AQShda 2004-yilning 30-noyabrida chiqarilgan albomi dunyoga bir nechta superhitlarni sovgʻa qiladi.

 
Clarkson Live Earth konsertida qoʻshiq aytmoqda.

Muallifi Avril Lavigne boʻlgan „Breakaway“ taronasi American Top 40ning birinchi pogʻonasini 2004-yil noyabrida erishishga muvaffaq boʻladi. Ammo eng katta shuhrat „Since U Been Gone“ va „Behind These Hazel Eyes“ ashulalariga toʻgʻri keladi. Birinchi tarona choʻqqida 6 hafta ushlanib turadi, ikkinchisi esa birinchi raqamdagi hit boʻlolmay, ikkinchi oʻrinda 8 hafta ushlanadi, bu payt birinchi oʻrinda Mariah Carey „We Belong Together“ qoʻshigʻi bilan turgan boʻladi. Ikkala qoʻshiq 2005-yil uchun yakuniy chartda 1- va 2-oʻinlarni egallaydi. Bu gʻaroyib muvaffaqiyat — bir artist yil chartining ikki bosh oʻrnini egallashi (Mariah Carey oxir-oqibat uchinchi oʻringa tushadi). Hech bir shubhasiz, Kelly Clarkson 2005-yilning eng bosh ijrochisi edi.

Dekabrda albomning „Because Of You“ nomli toʻrtinchi singli chiqadi, u choʻqqida 4 hafta ushlanadi. Breakaway albomi 2006-yil 18-yanvar AQShda 5-karra platinaviy deb tan olindi, Kanadada esa 5-karra platinaviylikni 2006-yil mayida qoʻlga kiritdi. Shuningdek albom Billboard 200 chartining yigirmataligida bir yildan oshiq tura olgan butun musiqa tarixining 4-albomi boʻladi. 2006-yil fevralda qoʻshiqchi baravariga ikki „Grammy“ mukofotini qoʻlga kiritadi — „Eng yaxshi ayol pop-ijrosi“ va „Eng yaxshi ayol pop-albomi“ kategoriyalarida.

2006-yilda albomning oxirgi singli „Walk Away“ chiqadi. Qoʻshiq American Top 40ning top 10ida 5 oy ushlanib turadi va Kelly Clarksonning superyulduz unvonini tasdiqlaydi.

2007-yilning 22-iyunida Clarksonning studiyada yozilgan uchinchi albomi — My December chiqadi. Breakaway albomidan farqli, bu albom koʻproq rok yoʻnalishida yoziladi.[3] Ushbu albomning bosh singli boʻlgan „Never Again“ qoʻshigʻi American Idol koʻrsatuvida reklama qilingach katta muvaffaqiyatga erishadi. Jumladan, bu qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida 8-oʻringa chiqadi va Clarksonning chartda erishgan eng yuqori pogʻonasiga aylanadi.

Kelly Clarksonning toʻrtinchi „All I Ever Wanted“ nomli albomi 2009-yilning 10-martida dunyo yuzini koʻradi. Albomni yozish jarayonida Kelly Ryan Tedder, Dr. Luke va boshqalar bilan hamkorlik qiladi. Birinchi haftaning oʻzidayoq AQShda albomninh 255000 nushasi sotiladi. Albom Billboard 200 chartining birinchi oʻrniga chiqib, bu pogʻonani ikki hafta ushlab turadi.[4] „All I Ever Wanted“ albomi „Eng yaxshi pop-vokal albom“ nominatsiyasida „Grammy“ mukofotiga sazovor boʻladi.[5] 2009-yilning oktyabrida „All I Ever Wanted“ konsert turi boshlanadi. Kelly Clarkson ushbu albomi bilan butun AQSh shaharlari, Yevropa, Janubiy Afrika, Okeaniya va Osiyo boʻylab gastrol safarida boʻladi. Tur 2010-yilning may oyida Xitoyda yakunlanadi.[6]

 
Clarkson, Kanada, 2011

Clarksonning beshinchi studiyaviy albomi „Stronger“ 2011-yilning 24-oktyabrida chiqariladi.[7]

Diskografiya tahrir

Albomlar tahrir

Singllar tahrir

Yil Nom Chartlarda yuqori pozitsiyalar Serifikatlar Albom
US
AUS
AUT
CAN
GER
IRL
NLD
NZ
SWI
UK
2002 „Before Your Love“/"A Moment Like This" 1  —  — 1  —  —  —  —  —
  • RIAA: Platinum
  • MC: 2× Platinum
2003 „Miss Independent“ 9 3 39 6 52 11 9  — 44 6
  • RIAA: Gold
  • ARIA: Gold
Thankful
„Low“ 58 11  — 2  —  —  —  —  — 35
  • ARIA: Gold
„The Trouble with Love Is“ 1011 11  — 25 42  — 32  — 62
  • ARIA: Gold
Thankful va Love Actually
2004 „Breakaway“ 6 10 8 3 13 12 9 12 14 22
  • RIAA: Gold
  • ARIA: Gold
  • MC: Platinum
The Princess Diaries 2 va Breakaway
„Since U Been Gone“ 2 3 3 1 6 4 4 11 7 5
  • RIAA: Platinum
  • ARIA: Platinum
  • MC: Platinum
Breakaway
2005 „Behind These Hazel Eyes“ 6 6 9 4 16 4 7 7 20 9
  • RIAA: Platinum
  • MC: Platinum
„Because of You“ 7 4 3 2 4 5 1 19 1 7
  • RIAA: Platinum
  • ARIA: Gold
  • BVMI: Gold
  • MC: Gold
2006 „Walk Away“ 12 27 29 4 30 10  — 19 58 21
  • RIAA: Gold
  • MC: Gold
2007 „Never Again“ 8 5 36 8 19 11 23 20 27 9
  • RIAA: Gold
  • ARIA: Gold
  • MC: Gold
My December
„Because of You“
(with Reba McEntire)
50  —  — 36  —  —  —  —  — Reba: Duets
„Sober“ 1102  —  —  —  —  —  —  —  — My December
„One Minute“  — 36  —  —  —  —  —  —  —
„Don't Waste Your Time“  —  —  —  — 93  —  —  —  —
2009 „My Life Would Suck Without You“ 1 5 6 1 6 4 3 11 5 1
  • ARIA: Platinum
  • BPI: Silver
  • MC: 2× Platinum
  • RIANZ: Gold
All I Ever Wanted
„I Do Not Hook Up“ 20 9 68 13 55 30 19 31  — 36
  • ARIA: Gold
  • MC: Gold
„Already Gone“ 13 12 37 15 23  — 483 23 15 66
  • ARIA: Gold
  • MC: Gold
2010 „All I Ever Wanted“ 96  —  —  —  —  —  —  —  —
„Cry“  —  —  —  —  —  —  —  —  —
„Don't You Wanna Stay“
(with Jason Aldean)
31  —  — 35  —  —  —  —  —
  • RIAA: 2× Platinum
My Kinda Party vaStronger
2011 „Mr. Know It All“ 10 1 26 11 18 14 494 8 22 4
  • ARIA: 3× Platinum
  • MC: Platinum
  • RIANZ: Platinum
Stronger
2012 „Stronger (What Doesn't Kill You)“ 1 18 6 3 27 4 495 4 18 8
  • ARIA: 2× Platinum<
  • IFPI AUT: Gold
  • MC: Platinum
  • RIANZ: Platinum
"Dark Side" 42 56 26 82 42 596 40
"Catch My Breath" 19 40 67 22 89 88 607 51 Greatest Hits: Chapter One
"Donʻt Rush"
(featuring Vince Gill)
89  —  — 53  —  —  —  —  —
„—“ charta yuqori oʻrinolmagan yoki berilgan hududda chiqarilmagan

Mukofotlar tahrir

  • Grammy
    • 2006: Eng yaxshi ayol pop-ijrosi („Since U Been Gone“)
    • 2006: Eng yaxshi pop-albom (Breakaway)
    • 2012: Eng yaxshi pop-albom (Stronger)

Manbalar tahrir

  1. „American Idol Greats“, 2011-02-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-13
  2. „Stupid Questions with Kelly Clarkson“. 2009-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyun.
  3. arxiv nusxasi, 2013-07-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-18
  4. Caulfield, Keith „Kelly Clarkson Tops Billboard 200“. Billboard.com (18-mart 2009-yil). 2009-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2009-yil.
  5. „The 52nd Grammy Award Nominees List“. Grammy.com. 2012-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust. (Wayback Machine saytida 2009-12-05 sanasida arxivlangan)
  6. http://www.kellyclarkson.com
  7. „Kelly Clarkson“. Facebook. Qaraldi: 4-noyabr 2011-yil.

Havolalar tahrir