Oe Kenzaburo (1935.31.1, Exime pre-fekturasi, Yaponiya — 13-mart 2023-yil[3]) — yapon yozuvchisi. Tokio oʻn-tining fransuz adabiyoti boʻlimini tugatgan (1959). Rable ijodini puxta oʻrgangan. 50-yillardan adabiyotga kirib kelgan. "Mol boqish" hikoyasi (1958) O.ga shuhrat keltirgan va Akutagava nomidagi mukofotga sazovor boʻlgan (1959). O.ning "Ke-chikkan yoshlar" (1962) romanida yosh avlod taqdiri, yoshligi tufayli urushga kechikkan va urushdan keyin maʼnaviy-axloqiy azobga duchor boʻlgan yosh fuqaroning fojiasi aks etgan. "Hayqiriq" (1963), "Shahvatparast odam" (1963) asarlarida biron-bir axloqiy majburiyat bilan bogʻlanmagan kishi tas-virlangan. "Shaxsiy tajriba" (1964) romanida hozirgi yoshlarning jamiyat oldidagi burchi, ularning axloqiy izlanishlari muammosi koʻrsatilgan. Xirosima fojiasi, insoniyat taqdiridan xavotirlanish gʻoyalari "Xirosima xotiralari"da (1966), "1860-yil futboli" (1967), "Suvlar meni ruhimgacha bagʻriga oldi" (1—2-qism, 1973), "Xaloskorning esdaliklari" (1976) romanlarida aks ettirilgan. "Tengqurlar oʻyini" (1979) ijtimoiy romani Yaponiyaning oʻtmishi va kelajagi haqida. Nobel mukofoti laureati (1994).[4].

Kenzaburō Ōe
Tavalludi 31-yanvar 1935
Vafoti 3-mart 2023[1]
Ijod qilgan tillari Yapon tili[2]
Fuqaroligi Yaponiya

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3.   РИА новости(rus.) Telegram mesenjerida
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil