Kim Bo Kyung (talaffuzi: Kim Bo gyon) (1989-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Koreyaning „Jeonbuk Hyundai Motors“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kim Bo-kyung
김보경
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kim Bo-kyung[1]
Tavallud sanasi 6-oktyabr 1989-yil (1989-10-06) (34 yosh)
Tavallud joyi Gurye, Jeonnam, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi [Yarimhimoyachi]]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jeonbuk Hyundai Motors
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2009 Hongik Universiteti
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Cerezo Osaka 41 (15)
2010Oita Trinita (Ijara) 27 (8)
2012—2015 Cardiff City 58 (3)
2015 Wigan Athletic 18 (2)
2015 Matsumoto Yamaga 6 (0)
2016—2017 Jeonbuk Hyundai Motors 44 (7)
2017—2019 Kashiwa Reysol 36 (2)
2019Ulsan Hyundai (Ijara) 35 (13)
2020- Jeonbuk Hyundai Motors 57 (8)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Janubiy Koreya U-20 21 (6)
2009—2012 Janubiy Koreya U-23 22 (6)
2009 Janubiy Koreya 6 (3)
2010—2019 Janubiy Koreya 38 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 5-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 11-dekabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Cerezo Osaka tahrir

2010-yilda Kim Hongik universitetini tashlab, J1 ligasi jamoasi Cerezo Osaka bilan uch yillik shartnoma imzolagan[2]. 2010-yilgi mavsum uchun J. Liga 2 divizioni vakili Oita Trinitaga ijaraga berilgan[3][4]. 2011-yilgi mavsumda Kim 8 ta gol urgan. 2012-yilda Levir Kulpi isteʼfoga chiqqan va Cerezo Osaka Serxio Soaresni yangi bosh murabbiy etib tayinlagan. Oʻsha mavsumda Kim 15 oʻyinda 7 ta gol urgan. U 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun jamoani tark etgan.

Cardiff City tahrir

 
Kim Bo Kyung „Cardiff City“da 2014-yilda oʻynagan.

2012-yil 10-iyulda Kimning agentlari Cerezo Osaka klubi Uels chempionati ishtirokchisi Cardiff City bilan transfer boʻyicha muzokaralar boshlaganini tasdiqlagan[5]. 12-iyul kuni Cardiff City va Cerezo Osaka taxminan 2,5 million funt sterling evaziga shartnomaga kelishishgan[6]. Kelishuv 27-iyulda yakunlangan, Kim Uelsliklar bilan uch yillik shartnoma imzolagan[7]. U 18-sentabr kuni Craig Noone oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan oʻyinda jamoa tarkibida debyut qilgan. Kimning „Cardiff“dagi ilk asosiy tarkibdagi oʻyini 27-oktyabr kuni „Cardiff City“ stadionida „Byornli“ga qarshi kechgan va 4:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Kim 7-dekabr kuni „Blackburn Rovers“ ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan „Cardiff“ tarkibidada birinchi golini kiritgan. Uning ikkinchi goli 19-yanvar kuni „Blackpool“ darvozasiga kiritilgan.

2013-yilning 17-aprelida „Cardiff City“ chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi va Premyer-ligaga ko‘tarilib, Kim Premyer-liganing 12-koreyalik o‘yinchisiga aylangan[8]. U 2013-yilning 24-noyabrida "Manchester United"ga qarshi o‘yinda o‘zining birinchi Premyer-ligadagi golini urgan.

2015-yilning 24-yanvarida Cardiff City Kim bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini eʼlon qilgan[9].

Wigan Athletic tahrir

2015-yilning 6-fevralida Wigan Athletic Kim bilan 2014/2015-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[10].

Jeonbuk Hyundai Motors tahrir

2016-yilgi Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kim Amerikaga bir marta va Mamelodi FC darvozasiga bir marta gol urgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Kimning xalqaro faoliyati 2009-yilda Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi tarkibida boshlangan. U 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etib, 4 ta oʻyinda 2 ta gol urgan. U-20 Jahon chempionatidan soʻng uni oʻsha paytda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Xong Myung-Bo chaqirgan.

2010-yil 9-yanvarda Kim Janubiy Koreya terma jamoasi safida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ilk bor maydonga tushgan va o‘sha yili 2010-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. U birinchi va ikkinchi gollarini 2012-yilning 12-iyunida Livanga qarshi jahon chempionati saralash bahsida kiritgan.

Kim Xongning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun terma jamoasiga kiritilgan va bronza medalini qoʻlga kiritishga yordam bergan. U Shveytsariyaga qarshi o‘yinda chap oyog‘ida ajoyib zarba yo‘llab g‘alaba golini urgan va jamoasining pley-off bosqichiga chiqishiga yordam bergan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Oita Trinita (Ijara) 2010 J2 Liga 27 8 0 0 0 0 27 8
Cerezo Osaka 2011 J1 Liga 26 8 3 1 0 0 8 1 37 10
2012 15 7 0 0 3 2 18 9
Jami 41 15 3 1 3 2 8 1 55 19
Cardiff City 2012—2013 Championship 28 2 0 0 0 0 28 2
2013—2014 Premyer Liga 28 1 3 0 0 0 31 1
2014—2015 Championship 2 0 0 0 3 0 5 0
Jami 58 3 3 0 3 0 64 3
Wigan Athletic 2014—2015 Championship 18 2 0 0 0 0 18 2
Matsumoto Yamaga 2015 J1 Liga 6 0 0 0 0 0 6 0
Jeonbuk Hyundai Motors 2016 K Liga 1 29 4 1 0 13 3 43 7
2017 15 3 1 0 16 3
Jami 44 7 2 0 13 3 59 10
Kashiwa Reysol 2017 J1 Liga 13 0 2 0 15 0
2018 23 2 2 0 2 0 5 0 32 2
Jami 36 2 4 0 2 0 5 0 47 2
Ulsan Hyundai (Ijara) 2019 K Liga 1 35 13 0 0 8 0 43 13
Jeonbuk Hyundai Motors 2020 25 5 4 0 6 0 35 5
2021 32 3 0 0 7 0 39 3
Jami 57 8 4 0 13 0 74 8
Karyerada jami 322 58 16 1 8 2 47 4 393 65

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2012-yil 12-iyun Goyang sport majmuasi, Goyang, Janubiy Koreya   Livan 1-0 3-0 FIFA Jahon chempionati 2014 saralash
2 2-0
3 2013-yil 15-oktyabr Cheonan Baekseok stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya   Mali 3-1 3-1 Oʻrtoqlik
4 2016-yil 11-noyabr Cheonan Baekseok stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya   Kanada 1-0 2-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlar tahrir

 
Kim 2012-yil 15-sentabrda „Cardiff“da „Lids United“ga qarshi o‘yinda

Klub tahrir

Cardiff City

  • Futbol ligasi chempionati : 2012—2013[11]

Jeonbuk Hyundai Motors

Mamlakat tahrir

Janubiy Koreya U-23

Janubiy Koreya

  • EAFF E-1 Futbol chempionati : 2019[18]

Shahsiy yutuqlari tahrir

  • K liga 1 eng yaxshi 11lik aʼzosi : 2019[19]
  • K liga 1 eng qimmat oʻyinchisi : 2019[20]
  • K liga 1 eng yaxshi assistenti : 2021[21]

Manbalar tahrir

  1. „FIFA U-20 World Cup Egypt 2009™: List of Players: Korea Republic“. FIFA (2009-yil 6-oktyabr). 2009-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „김보경, J-리그 세레소 오사카 입단“ (ko). Daily Sports (2009-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 10-yanvar.
  3. „'허정무호 영건' 김보경, J2리그 오이타로 임대“ (ko). SpotalKorea (2010-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 30-yanvar.
  4. „http://www.oita-trinita.co.jp/information.php?_mode=detail&id=4219“ (ja). Oita Trinita (2010-yil 28-yanvar). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-yanvar.
  5. „Kim Bo-Kyung's agency claims talks with Cardiff City“. goal.com (2012-yil 10-iyul). Qaraldi: 2012-yil 10-iyul.
  6. „キム、イングランド2部・カーディフ移籍...C大阪 (Osaka moved ... C-Part 2 Kim Cardiff, England)“ (ja). Sports Hochi (2012-yil 12-iyul). 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-iyul.
  7. „Kim Bo-Kyung City deal completed“. Cardiff City F.C.. Official Site (2012-yil 27-iyul). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  8. „카디프시티 EPL 승격 확정 '감격'... 김보경 한국인 12번째 프리미어리거“. kyeongin.com. Qaraldi: 2013-yil 5-may.
  9. „Kim Bo-Kyung departs“. Cardiff City F.C.. Official Site (2015-yil 24-yanvar). 2015-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-yanvar.
  10. „Kim Bo-kyung: Wigan Athletic sign former Cardiff midfielder“. BBC Sport (2015-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  11. „Bo-Kyung Kim“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  12. „Jeonbuk clinch second AFC Champions League crown“. foxsportsasia. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
  13. „Jeonbuk wins K League title for 4th straight year“. Korea Joongang Daliy. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  14. „Jeonbuk win fifth consecutive K League title“. Korea Joongang Daliy. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  15. „Jeonbuk compete the double with 2-1 win in FA Cup final“. Korea Joongang Daliy. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  16. „Asian Games 2010“. RSSSF. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  17. „2012 Olympics – Soccer (Mens) – Bronze medal game“. The New York Times. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  18. „2019 EAFF E-1 Football Championship Table and Awards“.
  19. „[포토 김보경-문선민-세징야-완델손, K리그1 베스트11 MF“] (ko). sports donga. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
  20. „High-scoring midfielder wins K League MVP“. yonhapnews (2019-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
  21. „[포토 전북 김보경 '최다 도움상 수상'“] (ko). sports chosun. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.