Kimaklar xoqonligi — Irtish daryosi boʻylarida va hozirgi Qozogʻistonning shim. — sharqiy mintaqalarida 9-asrning boshlarida vujudga kelgan yirik koʻchmanchi davlat. K.x.ga 7 qabila: imi, imak, tatar, baandur (boyondur), qipchoq, laniqazi, ajat kirgan. K.x. tarkibida keyinchalik turklashib ketgan moʻgʻul qabilalari ham boʻlgan. „Hudud ul-olam“ asari (Yu-a.)da koʻrsatilishicha, K.x. podshosi „xoqon“ (yamal paygʻu) deb atalib, u merosiy boʻlgan, uning yerlari 11 viloyatga boʻlingan. Viloyatni maxsus hokim (malik) idora etgan. K.x.dagi soliq toʻlovchilar lavozimi merosiy boʻlgan. 10-asr oʻrtalarida K.x. Jan. Ural togʻining jan.-gʻarbiy qismini, Emba va Ural daryo vodiylarini egʻallab, Kaspiy dengizi sohillariga chiqqan. 11-asr boshida kimaklarning gʻarbiy guruhi (qipchoqlar) Sirdaryoning quyi va oʻrta oqimlarini egʻallagan. 11-asr boshlarida ichki qaramaqarshiliklarning keskinlashishi, qipchoqlarning boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilishga intilishi tufayli K.x. yemirilib, uning hududidagi barcha qabilalar qipchoqlarga tobe boʻlgan.

Adabiyot tahrir

  • Kumekov B.Ye., Gosudarstvo kimakov IX—XI vv. po arabskim istochnikam, Alma-Ata, 1972.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil