Kimyoviy belgilar - kimyoviy elementlarning shartli belgilari. Har bir element lotincha nomining birinchi harfi bilan yoki birinchi va keyingi biror harfi bilan belgilanadi, mas, uglerod (Sagopeit)ning kimyoviy belgisi — S, kalsiy (Sa1ssht)niki — Sa, kadmiy (Sadmiy)niki — Cd, mis (Sirgat)niki — Si va h.k. Har bir belgi elementning bir atomini yoki uning atom massasisiga son jihatdan teng boʻlgan ogʻirlik miqdorini bildiradi. Masalan, S uglerodning bir atomini yoki 12 ogʻirlik qismini, O kislorodning bir atomini yoki 16 ogʻirlik qismini bildiradi va h.k. K. b. birikmalarning tuzilishini va kimyoviy reaksiyalarning borishini sxema tarzida ifodalash uchun ham xizmat qiladi (yana q. Mendeleyev davriy sistemasi).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil