Klip (frans. — dumaloq, rolik) — texnogen sanʼatning badiiy (audiovi-zual) shakllaridan biri. Unda kino va musiqaning ifoda vositalari, pguningdek, axborot texnologiyalari mujassam boʻladi. K. 20-asrning 80-yillari (Oʻzbekistonda 90-yillar)da rivoj topib, hozirda oʻz taʼsirchanligi, ommaviyligi tufayli jahon tomosha industriyasida muhim oʻrin tutadi. K.ningasosiy 3 turi mavjud: musiqali, ijtimoiy mavzudagi va reklama K.lari. Musiqali K.da tasviriy qatlam, obrazlar tizimi, syujet rivoji va montaj, ritm kabi unsurlar vosigasida maʼlum musiqa asari badiiy talqin etiladi. Dastlab musiqali K.larda tasviriy qatlam qoʻshiqqa nisbatan illyusgratsiya vazi-fasini oʻgagan, koʻp hollarda xonandaning oʻzi K. qaxramoni sifatida gavdalangan ("Shahzod", "Bayram" guruhlarining K.lari vab.). Keyinchalik K.larda mashqur ("Oʻtgan kunlar" kabi) kinofilmlardan iqtibos olish (mas, "Nola" va boshqa guruhlar K.lari), komp-yuter grafikasi, virtual animatsiyaning maxsus effektlaridan foydalanish keng qoʻllangan. K.larni yaratish sohasida B.Yoʻldoshev, U.Hamroyev, F.Dav-lstshin, S.Abdullayev, J.Fayziyev, R.Sagʻdiyev va boshqa rej. hamda klipmsyker tanilgan; "2aggmp 8T8", "A1ex", "Bay-ram", "Beshyogʻoch" kabi maxsus studiya va prolyuser markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. K. malaniyatini ommaviyla-shuvi televileniyeda ularni tarqatuvchi maxsus kanallarni vujudga keltirdi ("MTU". "MuzTV". "Mimk ox", Toshkentda "TV Markaz" va 30-kanallar va boshqalar).

Nigora Karimova.