Koʻniya sultonligi (Ikoniy, Rum yoki Saljuqiylar sultonligi) — Kichik Osiyoda oʻrta asr davlati (XXI asr oxiri — XIV asr boshi). Poytaxti dastlab Nikeya, keyinchalik Kuniya (Ikoniy) boʻlgan. Saljuq turklari Kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini bosib olib, Koʻniya sultonligini tuzganlar. Koʻniya sultonligiga donishmandiylar sultonligi (1157), Anadolu (1207), Sinop (1214) qoʻshib olindi. Sulton Alouddin Kayqubod davri (1219—36) sultonlikning eng gullagan davri hisoblangan. Koʻniya sultonligining asosiy shaharlari — Koʻniya, Qaysari, Sivas va boshqa hunarmandchilik markazlari boʻlgan. 1243-yil Koʻniya sultonligi Erondagi moʻgʻullar (elxoniylar)ga tobe boʻlib qoldi. 1307-yil ga kelib, Onado'li beyliklari deb atalgan mayda bekliklarga boʻlinib ketdi. Ulardan biri — Usmon bekligi XIV asrda Usmonli turk imperiyasining paydo boʻlishida asosiy rol oʻynagan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil